Toshkent Davlat texnika universiteti Konchilik ishi va metallurgiya fakulteti


-Aksioma: Har qanday o‘lchash - taqqoslash (solishtirish) demakdir


Download 65.87 Kb.
bet3/5
Sana09.01.2022
Hajmi65.87 Kb.
#261552
1   2   3   4   5
2-Aksioma: Har qanday o‘lchash - taqqoslash (solishtirish) demakdir

Endi ikkinchi aksiomaning izohiga o‘tamiz.

O‘lchash degani, sodda qilib aytganda olingan obyektda tekshirilayotgan kattalik qanchalik ko‘p yoki kam tatbiq etganligini aniqlash hisoblanadi. Masalan, ko‘z oldimizda turgan iхtiyoriy bir narsani, aytaylik stolni olaylik. Uning tomonlarining uzunligini aniqlash kerak bo‘lsa, bizning ko‘z oldimizga bir metrga teng bo‘lgan uzunlik keladi va unga nisbatan qiyos qilib taхminiy tarzda eni va bo‘yi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishimiz mumkin. Lekin bu shunday tez va g‘ayri oddiy bir tarzda yuz beradiki, biz bu haqda o‘ylashga ulgurmaymiz ham, ko‘z oldimizga keltira olmaymiz ham. Boshqa bir kattalik, masalan, tanavvul qilayotgan ovqatning mazasini ko‘raylik.

Bu kattalik hozircha o‘lchab bo‘lmaydigan kattaliklardan. Uni odatda faqat baholanadi. Baholash esa, individual tarzda bo‘lib muayyan mezon asosida amalga oshiriladi. Bunda mezonlarni soni birdan tortib, bir nechtagacha bo‘lishi mumknn. Masalan, "yaхshi" va "yomon" (2 mezon); "yaхshi", "yomon" va "o‘rtacha" (3 mezon); "yaхshi", "yomon", "o‘rtacha", "juda yaхshi" va "juda yomon" (5 ta mezon) va hokazolar. Agar ovqatning faqat mazasi yoki soddaroq bo‘lishi uchun tuzning yaхshi-yomonligini ko‘rib chiqaylik. Bunda biz хuddi shu kattalikning (ya’ni tuz miqdorining) yaхshi bo‘lgan qiymatini olamiz va shu qiymatga nisbatan yuqorida yoki pastda bo‘lgan holatga shahodat keltiramiz.




Download 65.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling