Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi
Davlat ekologik ekspertizasi natijalari bo‘yicha xulosa tuzilib, u davlat ekologik ekspertizasi obyektini ro‘yobga chiqarish mumkinligi yoki mumkin emasligi to‘g‘risidagi yakunlarni o‘z ichiga olgan bo‘ladi.
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasini ijro etishning majburiyligi
Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi davlat ekologik ekspertizasi obyektini moliyalash va ro‘yobga chiqarishda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiydir. Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lmay turib, loyihalarning bank va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan moliyalanishi, shuningdek ularning ro‘yobga chiqarilishi taqiqlanadi
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasini ijro etishning majburiyligi
Davlat ekologik ekspertizasi obyektining ekologik talablarga muvofiqligi xususida davlat ekologik ekspertizasining bergan xulosasi berilgan kundan e’tiboran uch yil mobaynida yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Jamoat ekologik ekspertizasi
Jamoat ekologik ekspertizasi ekologik asoslanishi taqozo etiladigan har qanday faoliyat sohasida nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning tashabbusi bilan amalga oshirilishi mumkin. Jamoat ekologik ekspertizasini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi.
Jamoat ekologik ekspertizasi davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilishidan qati nazar amalga oshirilishi mumkin.
Jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi tavsiya xususiyatiga ega bo‘ladi.
Ekologik audit
Ekologik audit ekologik auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan ekologik audit subyektining xo‘jalik faoliyatini va boshqa faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar talablariga ushbu subyektning rioya etishi yuzasidan tizimli, hujjatlashtirilgan, mustaqil ekologik baholashdir
Do'stlaringiz bilan baham: |