Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»
Uyumning suvlanish dinamikasini tahlil qilish
Download 6.03 Mb.
|
Документ Microsoft Word
Uyumning suvlanish dinamikasini tahlil qilish
Neftni suv bilan siqib chiqarishda joylashishining geologik sharoitlari va xususiyatlari qatlamning suvlanish darajasiga kuchli ta’sir etadi. Odatda neft uyumlarida birinchi navbatda qatlamning eng o’tkazuvchan zonalari va linzalari suvlanadi, qatlamning o’tkazuvchanligi sust bo’lgan uchastkalarida suvning harakatlanishi judayam sekin kechadi. Tagidan ostki suvlar bilan chegaralanadigan, massiv tipidagi uyumlarda suv-neft tutash yuzasining asta-sekin yuqoriga ko’tarilishiga qulay sharoitlar yuzaga keladi, lekin ayrim paytlarda suv konuslari ham tarkib topadi. Qovushqoq neftli uyumlardagi, shuningdek, tarkibi har xil qatlamlardagi neft uyumlarining suvlanishi bir xilda bo’lmaydi. Qatlam sharoitida qovushqoqligi turli nisbatda bo’lgan neftli va suvli uyumlarning suvlanish dinamikasi har xil bo’ladi. Neft va suv qovushqoqligining o’zaro nisbati (o) 3-4 dan katta bo’lmagan uyumlarda suvsiz davr uzoq davom etadi va uyumni ishlatishning uchinchi davrining ikkinchi yarmidan boshlab uning suvlanishi jadallashadi. o4 bo’lganda suvsizlik davri qisqa davom etadi, ishlatishning birinchi-ikkinchi bosqichida suvlanish darajasi tez ortadi, uyumning suvlanishi 70-90% ga etganda neftni uzoq muddat davomida chiqarib olish mumkin bo’ladi. Qatlamning tuzilishi har xil tarkibli bo’lganda suvlanishi murakkablashadi. Bunday holatda mahsulotning suvlanishini ozroq kamaytirish uchun quduqlarning zichroq to’ridan foydalaniladi. Noqulay sharoitlar o10 bo’lgan uyumlarda kuzatiladi. Bunday uyum tez suvlanadi, mahsulotdagi suvning miqdori 80-90% ga etadi, quduqlarni ishlatganda neft uzoq vaqt suv bilan birga chiqadi. Binobarin, quduqlarni to’liq suvlanishigacha (suvlanish 97-99% dan kam bo’lmaganda) ishlatish, ayniqsa uyumning qiyiqlanish zonasida va neftlilik chegarasining tortilish zonalarida joylashgan quduqlar uchun foydali hisoblanadi. Masalan, Volga-Ural neft-gazli rayonida 80% dan ortiq suvlangan quduqlardan uzoq vaqt davomida foydalanib kelingan. Ma’lumki, quduqning suvlanishi 80% dan ortgach, har bir quduqdan olingan neft miqdori shu quduqni to’liq ishlatish davrida olingan neftning faqat 5-10%ini tashkil etadi (mas, AQShdagi Velli konida bundan ancha ko’p neft olingan). Suvlanish 95% dan ortganda esa, umumiy chiqarib olingan neftning taxminan 1,5% olingan. Ishlatilayotgan quduqlar fondi 80% dan ortiq suvlanganda ularni 3,6-5,3 yil mobaynida ishlatish mumkin. Suvlangan quduqlarni tezkor ishlatish juda katta foyda keltiradi. Bajarilgan tadqiqotlar suvlangan, qovushqoqligi kam bo’lgan neftli qatlamlarning neft beraolishligi boshqalariga qaraganda 2-3, hattoki 10-12% ga ortganligini ko’rsatdi. 1-rasm Oddiy siqilish Download 6.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling