Referat ustida ishlash tartibi.
Mavzu tanlash.
Kafedra tomonidan tavsiya etiladigan referat mavzulari taxminiy bo’lib, talaba o’z qiziqish va moyilliklarini hisobga olgan holda mustaqil ravishda referat mavzusini tanlab olish mumkin. Bunda tanlangan referat mavzusi talabani ilmiy raxbari bilan muvofiqlashtirmoq zarur.
3. Tayyorgarlik ishlari:
Asosiy manbalar bilan tanishish.
Mavzu tanlangandan so’ng:
tanlangan mavzuga to’g’ri keladigan masalalar bilan tanishish:
ma’ruza matnini ko’rib chiqish;
fan bo’yicha o’quv dasturida tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxatini qaytadan ko’rib chiqish;
adabiyotlar ro’yxatini kengaytirib, o’quv va monografik adabiyotlar bilan bir qatorda, nashriyotlarda, hamda «Экологический вестник Узбекистана», «Ekologiya va qonun», « Теплоэнергетика», jurnallarida chiqayotgan maqolalardan foydalanish zarurdir.
Referat sifatini oshirish maqsadida, mavzuga mos bo’lgan O’zbekiston Respublikasining qaror va farmoyishlari bilan tanishib olish zarurdir.
4. Referat rejasini tayyorlash.
Referat rejasi quyidagi qisimlardan iborat bo’lishi shart:
Kirish.
Asosiy qism.
Yakunlovchi qism.
Adabiyotlar ro’yxati.
Ilova (shartli bo’lmagan qism).
Eslatma: referat rejasi- tanlangan mavzu va referatning asosiy mazmunini ko’rib chiqilishi zarur bo’lgan hamma savollarni o’z ichiga olishi zarur. Reja referentga mavzu bo’yicha to’plangan materialdan ma‘lum bir tomonga qarab yo’l to’tishiga, to’g’ri tanlab olishiga va mantiqiy bayon qilishiga imkon beradi.
To’plangan materialni tizimlashtirish va referat yozish.
Kirish.
Bunda nazariy va amaliy nuqtai nazardan, tanlangan mavzuning dolzarbbligi asoslab beriladi, referatning maqsadi va vazifalari aniqlanadi.
Agarda referat monografik bo’lganda ( muallifni yoki bir manba bo’yiicha referat tayyorlansa) kirish qismida quyidagilar kiritiladi:
muallif to’g’risida qisqacha ma‘lumot (ilmiy darajasi, mutaxassisligi, boshqa ilmiy ishlari);
mavzu manbasi to’g’risida qisqacha ma‘lumot;
ishning maqsadi;
ishning rubrikasiyasi;
muallifning afzalik tomonlari va boshqalar.
mavzuga oid materiallarni o’rganib chiqish, ham ularni matnlashtirishi.
Asosiy qism.
Asosiy qismida hamma muhim vaziyatlari ko’rib chiqilishi shart.
Referatni asosiy qismining matnida, rejada qo’yilgan savollar bo’yicha to’plangan materialni bo’lib chiqish kerak.
Eslatma: turli savollarni ajratish, referatning strukturizatsiyasini butunlay, quyidagi algoritmga mos bo’lishi kerak: masalalar→ishlab chiqish→xulosa.
Do'stlaringiz bilan baham: |