Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»
Download 6.03 Mb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- ΔР = Р qat – Р qud.tubi
Nazorat savollari.
1.Dinamograf qanday asbob 2.Dinamografning ishlash prinsipi 3.Dinamograf qanday qismlardan tashkil topgan bo’ladi 4.Dinamogramma qanday taхlil qilinadi 29-amaliy mashg’ulot. Mavzu. Indikator chiziqlariga ishlov berish Quduqlarning joriy holatini nazorat qilish, ulardan olinadigan mahsulot miqdorini belgilash va ularning ishlash texnologik rejimini tuzish maqsadida tadqiqot ishlari olib boriladi. Quduqlarning tadqiqoti barqaror va beqaror rejimlarda bajariladi. Barqaqor rejimdagi tadqiqot qo‘yidagicha bajariladi. Quduq ancha vaqt o‘zgarmas miqdorda ishlatiladi. Bu muddatda quduqning mahsulot miqdori va tub bosimi o‘lchanadi. Birinchi o‘lchashdan so‘ng mahsulot miqdori o‘zgartiriladi (oshiriladi yoki kamaytiriladi). Biroz vaqtdan so‘ng quduq tubi bosimi o‘rnatilgach, o‘lchovlar takrorlanadi. Bunday o‘lchovlar kamida 3-4 marta bajariladi. Quduqning ishlash rejimini o‘zgartirish (mahsulot miqdorini oshirish yoki kamaytirish) bu quduqning ishlatilish usuliga bog‘liq. Masalan, favvora usulida ishlaydigan quduqlarda shtutser diametrini o‘zgartirib, kompressor usulida ishlaydigan quduqlarda ishchi agentining nisbiy sarflanishini o‘zgartirib, chuqurlik nasosi usulida ishlaydigan quduqlarda tebratma dastgoh parametrlarini o‘zgartirib mahsulot miqdorini boshqarish mumkin. Tadqiqot natijasida mahsulot miqdori va unga mos keladigan bosimlar ayirmasi orasidagi bog‘lanish grafigi chiziladi. Bu grafiklar indikator chiziqlari deb ataladi. Absissa o‘qida mahsulot miqdori Q va ordinata o‘qida depressiya (bosimlar ayirmasi) ΔР = Рqat – Рqud.tubi qo’yiladi. Gaz quduqlari uchun bosimlar kvadratlarining ayirmasi qo‘yiladi (Р2). Q 2 3 1 4 Р 8.1 - rasm Indikator chizig‘i Ko‘rinishi jihatidan indikator chiziqlari to‘g‘ri chiziqli, qavariq yoki botiq hollarda uchraydi. To‘g‘ri chiziqli holat neft uyumida siqib chiqarish usuli mavjudligida va oqim Darsi qonuni bo‘yicha chiziqli sizilish sharoitida yuzaga keladi. Ayrim hollarda indikator chizig‘i boshlang‘ich sharoitda to‘g‘ri shaklda bo‘lib, depressiya oshgan sari qavariq shaklga o‘tishi mumkin. Suv bosimi rejimidan boshqa hamma hollarda indikator chizig‘i qavarik shaklda bo‘ladi. Botiq shakldagi indikator chizig‘i debit va depressiya noto’gri o‘lchanganda uchraydi. Botiq shakldagi indikator chizig‘i holatida tadqiqot natijasi qonikarsiz hisoblanib, o‘lchashlar takrorlanadi. 8.1-rasmda tasvirlangan indikator chiziqlari quyidagi tenglama orqali ifodalanishi mumkin: Q = К (Рqat - Рqud.tubi)n (8.1) bu yerda: К - mahsuldorlik koeffitsiyenti; n - g‘ovaklik muhitda sizilishni xarakterlovchi koeffitsiyent. Chiziqli sizilish qonuni mavjud hollarida n=1 va indikator chizig‘i to‘g‘ri shaklda. Qavariq shakldagi indikator chizig‘i n<1 va botiq shakldagisi n>1 sharoitlarida vujudga keladi. Chiziqli qonun bo‘yicha sizilish sharoitida tenglama qo‘yidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi. Q = К (Рqat - Рqud.tubi) (8.2) Mahsuldorlik koeffitsiyenti son jihatdan bosim 1 atmosferaga pasayganda mahsulot miqdorining qanchaga ortganligini ko‘rsatadi К = Q \ (Рqat - Рqud.tubi) = Q\ Р; (8.3) Quduqning maksimal mahsulot miqdori yoki potensial debiti Rqud.tubi = 0 holda bajarilib qo‘yidagicha hisoblanadi Qпот = К * Рnqat (8.4) Tadqiqot natijasida chizilgan indikator chizig‘iga ishlov berib quduqning mahsuldorlik koeffitsiyenti (K), qatlam o‘tkazuvchanligi (k), harakatlanuvchanlik (r/μ); gidroo‘tkazuvchanlik (kh/μ); pyezoo‘tkazuvchanlik va boshqa parametrlarni hisoblash mumkin. Indikator chizig‘iga ishlov berish quyidagi tarzda bajariladi. Indikator chizig‘ining tug‘ri chiziqli qismi uchun mahsuldorlik koeffitsiyenti quyidagicha hisoblanadi. К=Q\ Р (8.5) Darsi qonuniga asosan quduqqa bo‘lgan oqim quyidagi tenglama yordamida hisoblanadi. Q = 2кh(Рqat -Рqud.tubi)\ (ln Rк\Rqud +C1+C2) (8.6) Bu yerda: к - qatlam o‘tkazuvchanligi; h - qatlam qalinligi; - quduq mahsulotining qovushqoqligi; Rк- ta’min konturi radiusi; Rqud- quduq radiusi; С1, С2- quduqning gidrodinamik nomukammallik koeffitsiyenti; Yukorida ko‘rsatilganidek quduqqa nisbatan okim quyidagi tenglama yordamida ham hisoblanadi. Q=К (Рqat-Рqud.tubi) (8.7) Bu ikkala tenglamaning o‘ng tomonlarini tenglashtirib qatlamning o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti topiladi. 2кh(Рqat - Рqud.tubi)\(ln Rk\Rkud+C1+C2)=К(Рqat -Рqud.tubi) (8.8) к=К·(lnRk\Rkud+C1+C2)\2h (8.9) Endi o‘tkazuvchanlik bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa parametrlarni (к\; кh\; х) hisoblash mumkin. Favvora qudug‘ida shtutserni almashtirish orqali ish rejimini o‘rnatib, quduq debitini va tubi bosimini aniqlash yordamida tadqiq qilinadi. Berilganlar: qatlamning samarali qalinligi h=10 m; ta’minot manbayining shartli radiusi Rk=250 m; quduq tubi radiusi(burg‘i bo‘yicha); rс = 0,124 м; neftning nisbiy zichligi ρn = 0,85; qatlam sharoitidagi neftning dinamik qovushqoqligi μ=1,2 mPa·s; neftning hajmiy koeffitsiyenti bn=1,3; quduqning gidrodinamik nomukammallik koeffitsiyenti V.I.Shurov egri chizig‘i bo‘yicha С=11,2; qatlam bosimi рqat=28MPa. Quduqning mahsuldorlik koeffitsiyentini, quduq tubi qismining o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentini, neftning o‘tkazuvchanligini va gidroo‘tkazuvchanligini aniqlash talab qilinadi. Quduq bo‘yicha tadqiqot natijalari quyidagi 1-jadvalda berilgan. 1-jadval bo‘yicha indikator chizig‘ini chizamiz. Quduqning mahsuldorlik koeffitsiyentini aniqlaymiz. 8,1-jadval Barqaror sizish rejimda tadqiqot natijalari
Buning uchun indikator chizig‘ining harqanday nuqtasini olishimiz mumkin. Masalan, Δр=3,7 MPa Кm= Q/Δр=250/3,7≈68 t/sut·MPa. Quduqning mahsuldorlik koeffitsiyentini bilgan holda, qatlamning quduq tubi qismini o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentini quyidagi formula orqali aniqlaymiz (8.10) 8.1-formulaga qiymatlarini qo‘yib quyidagini olamiz Mahsuldorlik koeffitsiyenti bo‘yicha quduq tubi o‘tkazuvchanligini aniqlash usuli katta amaliy ahamiyatga ega. Bu usuldan faqat рtub > рtuy da va neft suvsiz bo‘lgan holatda qo‘llanilsa yaxshi bo‘ladi. Endi neftning harakatlanuvchanligi r/μ va gidroo‘tkazuvchanligini kh/μ aniqlaymiz 1> Download 6.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling