Gidroporshenli nasos qurilmasi-chuqurlik nasos plunjerining orqaga qaytadigan va olg’a intiladigan harakati hisobiga burg’ qudug’idan eritmalarni yer yuziga ko’tarish uchun qo’llaniladigan qurilmalar majmui. Bunday harakatlar chuqurlik porshenli dvigateli yordamida amalga oshiriladi.
Gidrostatik sath - sayoz va chuqur quduqlarda suv va neftning yuqoriga ko’tarishdan paydo bo’ladigan yuza. Gidrostatik sath taqqoslash tekisligidan (masalan, yer yuzasidan, suv to’siq qatlam yuzasidan va boshqalardan) boshlab metr hisobida o’lchanadi.
Gips - mineral, kimyoviy tarkibi CaSO42H2O. Kristallari tabletkasimon, ustunsimon, prizmatik tolasimon. Rangi oq, shaffof va rangsiz, sarg’ish, qizil, qoramtir va qora. Juda mo’rt, qattiqligi 1.5 solishtirma og’irligi 2.3, suvda kam eriydi, atmosfera bosimda (80-900C haroratda) qizdirilsa, tarkibidagi suv yo’qola boshladi, 120-1400C da albastrga aylanadi. Gips suvi quriy boshlagan ko’l va dengiz havzalarida sul’fat tuzlarining cho’kishidan paydo bo’ladi. Gipsdan qurilish materiali, qog’oz, sement, bo’yoq ishlashda, burg’ilash ishlarida foydalaniladi.
Gil - cho’kindi jins. Kaolinit, montmorillonit va gidroslyuda minerallaridan iborat. Yer po’stining 80 %, og’irligining esa 4% ni tashkil etadi. Gil 0,01 mm va undan kichik gil minerallari zarrachalaridan iborat, yopishqoq-cho’ziluvchan, suv bilan aralashganda xomirsimon massaga aylanadi, kuydirilganda toshdek qotadi. Gil bosim ta’sirida o’zgarib, gilli slanets va argilitga aylanadi. Gilning boshqa turlariga gilmoya va lyoslar kiradi. Umuman gillar sanoatda, qishloq xo’jaligida va burg’ilash ishlarida foydalaniladigan zarur xom ashyo hisoblanadi.
Bentonitli gil - montmorillonit va beydelitdan iborat gil. Ba’zan «tosh sovun» ham deyiladi. Bentonitli gil nordon va o’rta asosli vulkan ko’llari va tuflarning nurashidan paydo bo’ladi. Bentonitli gillar suv shimish, ko’pchish va qayishqoqlik xususiyatlariga ega. Unda gidroslyuda, kaolin, sepiolit, poligorskit, kristobalit, seolit va boshqa minerallar uchraydi. U tabiatda bo’z, sariq va kumush rangda bo’ladi. Bentonitli gillar sanoatda vino, moy va neft mahsulotlarini tozalashda va burg’ilash ishlari uchun qimmatli hom ashyodir.
Do'stlaringiz bilan baham: |