Suyuqlik ichidagi bosim-suyuqlikning ayni bir sathda hamma yo’nalishlar bo’yicha bir xil kuch bilan ta’siri. Chuqurlik ortgan sari suyuqlikning quduq devoriga ta’sir etuvchi bosimi oshib boradi.
G’ovaklardagi suv bosimi-chaqiq jinsdagi g’ovaklarni to’ldirib turadigan suvning gidrostatik bosimi.
Gaz bosimi-gaz molekulalarining issiqlik ta’siridan kengayishidan hosil bo’lgan bosim. Bu bosim kg/sm2 birlikda yoki atmosferada hisoblanadi (1 atm. qiymati 1,03 kg/sm2 teng)
Gidrodinamik bosim-harakatlanuvchi suyuqlik orqali yuzaga keladigan bosim. Masalan, jinslarga shimilgan sizоt suvlar gidrodinamik bosim yordamida jins zarrachalari orqali harakatlanadi.
Gidrostatik bosim - suyuqlik ustuninig shartli sath yuzasiga ko’rsatadigan bosimi. O’rtacha hisobda har 10 m qalinlikdagi suv ustuni 1 atmosfera bosimini tashkil qiladi. Chuqurlik oshib borishi bilan yer qobig’ida va undan pastda, atmosferadagi tog’ jinslarining aniqlanayotgan chuqurlikka nisbatan bosimi kuchayadi.
Dinamik bosim-harakatdagi suyuqlik zarrachasining hajm birligidagi kinetik energiyasini ifodalovchi tushuncha.
quduq tubi bosimi -neft, gaz va suv qazib olinayotgan quduq tubidagi flyuidlar bosimi.
Quvurlarning tashqi bosimi-xarakatlanuvchi quvurlar bilan mustahkamlovchi quvurlar orasidagi halqasimon bo’shliqdagi bosim.
Ortiqcha bosim-neft va gaz uyumlarining ma’lum nuqtasida qatlam bosimining suvli bosimiga nisbatan ortib ketishi.
Ortiqcha gidrostatik bosim-qiymati gidrostatik bosimdan yuqori, ya’ni bug’li suvda bo’ladigan bosim.
Kritik bosim-har bir moddaning xususiy kritik bosimi. Ma’lum kritik bosim moddaning fizik-kimyoviy doimiysi hisoblanadi. Masalan, suvning kritik bosimi 218,3 atm. Kritik bosimdan past bosimdagi sistema ikki muvozanat faza (suyuqlik bug’) ga ajraladi. Lekin kritik bosimda suyuqlik bilan bug’ orasidagi farq yo’qoladi, ya’ni fazali holatga o’tadi.
quduq og’zidagi bosim-burg’ qudug’i og’zi suyuqlik ustuni bosimidan ortiq bo’lgan maxsuldor qatlamlarni kesib o’tib,ularni sinash davrida qudug’i og’zida hosil bo’ladigan bosim. Qudug’i og’zidagi bosim monometr bilan aniqlanadi. Uning miqdori suyuqlik ustuni og’irligiga bog’liq bo’lib, son jihatdan qatlam bosimi va quduq og’zidan ochilgan gorizontgacha bo’lgan suyuqlik ustuni og’irligining bosimi ayirmasiga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |