Neftni gazsizlantirish-qazib olinayotgan neft tarkibidan erigan pastmolekulyarli uglevodorodlar (metan, etan, propan, serоvodorod, azot korbonat angidrid gazi)ni chetlashtirish jarayoni.
Bosim depressiyasi-quduq devoridagi kuzatilayotgan nuqta uchun dinamik qatlam bosimining boshlang’ich qatlam bosimiga nisbatan pasayishi yoki qazib olinayotgan quduqlar uchun dinamik qatlam bosimi va mazkur quduq tubidagi bosim o’rtasidagi farq.
Indikator diagrammasi-porshenli dvigatel’ silindridagi bug’ (gaz) bosimining bug’ (gaz) hajmi yoki porshen’ yo’liga bog’liqligini ko’rsatadigan grafik tasvir.
quduq diametri-jins yemiruvchi asboblarning tashqi diametridan hisoblanadi. Quduqning haqiqiy diametri jins yemiruvchi asboblarning diametridan kattaroq bo’ladi. Burg’ qudug’ining diametri 1,5 sm dan 5 m gacha, ayrim hollarda undan ko’proq bo’ladi (quduq-shahta).
Dinamik sath-yer osti suvlarni quduqdan chiqarilganda pasaygan yoki suvli qatlamga bosim bilan yuborilganda ko’tarilgan yuza. U mutloq belgilar yoki burg’ qudug’i og’zidan shu yuzagacha bo’lgan chuqurlik bilan aniqlanadi.
Suyuqlikning dinamik qovushqoqligi- maydoni 1 sm2 bo’lgan suyuqlik qatklamining 1 см/сек tezlik bilan 1 sm ga ko’chishi uchun ko’rsatilgan qarshilik kuchi
Neftni qazib olish-yer po’stidan texnik vositalar yordamida neftni qazib olish jarayoni.
Qazib oluvchi quduq -tabiiy gaz, neft oltingugurt va tuzli suv koni va havzalarini ochish va qazib olishga mo’ljallangan quduq.
Qatlam suyuqliklarini sizdirish - qatlam suyuqliklarini tabiiy va sun’iy tadbir yordamida sizdirish.
Kabel’ -germetik izalyatsiyalangan bir yoki bir necha sim eshimi. Elektr energiyasi uzatiladigan kuch kabeli, aloqa kabeli va radio chastota kabeli bo’ladi.
Kabel’ armaturasi -kabellarni biriktirish, tarmoqlash uchun ishlatiladigan muftalar, qismlar uchliklar va boshqa detallar. U elektr va mexanik jihatdan puxta birikma hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |