Bitumli ohaktoshlar-cho’kindi jins. Tarkibiga bitum qo’shilgan qora rangli ohaktosh.
Gilli ohaktoshlar-cho’kindi jins. Tarkibiga oz miqdorda gil aralashgan ohaktosh.
Izobarlar-har xil xarita va diagrammalarda bir xil bosimni birlashtiruvchi chiziqlar.
Zanglash ingibitorlari-metallarni zanglashdan saqlash uchun korrozion-aktiv muhitga qo’shiladigan modda. U mashina detallarini saqlashga va tashish vaqtida zanglashdan himoyalashga mo’ljallangan.
Indikator-biror jarayonning borishini yoki kuzatilayotgan ob’ektning holatini aks ettiruvchi asbob masalan, neft gaz burg’ quduqlarini burg’ilashda qo’llaniladigan plunjerli nasosning dam beruvchi va so’ruvchi to’sqich (klapan) beri ishini nazorat qilishda rostlash indikatoridan foydalanishga asoslangan.
Qatlam energiyasining so’nishi
-neft va gaz uyumlari zahirasining tugallanishi jarayonida qatlam energiyasining qonuniy ravishda so’nishi.
Laminar oqim-yopishqoq suyuqlik yoki gazning tartibli oqimi; suyuqlik qo’shni qatlamlarning o’zaro aralashib ketmasligi bilan harakterlanadi.
Legirlash-metall qotishmalar tarkibining tuzilishini o’zlashtirish, ularga muayyan fizik, kimyoviy yoki mexanik xossalar berish uchun legirlovchi elementlar kiritish. Legirlovchi qo’shimchalar, odatda, erigan metallarga qo’shiladi.
Legirlangan cho’yan-odatdagi komponentlardan tashqari cho’yanga muayyan xossalar beradigan (uni yeyilmaydigan, issiqqa, korroziyaga, ishqalanib yemirilishga chidamli qiladigan) maxsus qo’shimchalar (xrom, nikel, molibden, vanadiy, alyuminiy, titan, mis, tsirkoniy va boshqalar) qo’shilgan cho’yan. Ular, kimyoviy tarkibiga qarab tasniflanadi (xromli, vanadiyli, nikelli va boshqalar). Agar legirlovchi elementlar metallga ma’dandan o’tsa, bunday cho’yan tabiiy legirlangan cho’yan hisoblanadi.
Chiziqli oqim-g’ovakli muhitda suyuqlik va gaz harakati. Bunda barcha trayektoriyalar yig’indisi parallel to’g’ri chiziqlardan iborat. Ular har bir tekis kesimda sizilish tezligining harakat yo’nalishiga, hamma nuqtalarda parallel hamda bir-biriga teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |