Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»


Download 6.03 Mb.
bet151/176
Sana11.10.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1698735
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   176
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Plunjerli nasos - burg‘ qudug‘idan suv va loyqa suvlarni tortish va haydashga mo‘ljallangan. Nasosning ish unumdorligi 20-40 atm.da 50 dan 200 l/min ga teng. U yuqori bosim hosil qilish va ayni vaqtda suyuqlikni aniq dozalash zarur bo‘lganda ishlatiladi.
Markazdan qochma nasos - daryo va ko‘llardan suv chiqarishga mo‘ljallangan nasos. O’qi gorizontal yoki vertikal joylashgan bo‘ladi. Ishchi g‘ildiraklari soniga qarab: bir g‘ildirakli (bir pog‘onali) va ko‘p g‘ildirakli (ko‘p pog‘onali) bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan xillari: K markali (so‘rish balandligi 5-8 m); ENMG (so‘rish balandligi 6,0 m ga yaqin); ATN-8, ATN-10 burg‘ quduqlariga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ish unumi 30 m3 /soat (n-70 m) va 70 m3/soat (N-50 m).
Shtangali nasos - burg‘ qudug‘idan mahsulot chiqarishga mo‘ljallangan nasos.
Neft - yonuvchi moysimon suyuqlik. Qora yoki qo‘ng‘ir, ba’zan och malla rang yoki rangsiz, o‘ziga xos hidli kimyoviy xom ashyo. Neft yer yuzasiga chiqqach, quyilib qotadi va asfaltga aylanadi. Neftning zichligi 0,73 dan 1,04 gacha o‘zgarib turadi, qaynash harorati +20-1000 S va undan yuqori; qotish harorati (+230)-(-600S); issiqlik sig‘imi 1,7-2,1 KDJ (kg.j); 500S haroratda neftning yopishqoqligi 0,002-0,55 sm2/s ga teng. U organik eritgichlarda yaxshi eriydi. Suvda umuman erimaydi. Lekin suv bilan emulsiya (bir-biriga singmaydigan ikki xil suyuqlik qorishmasi)hosil qiladi. Neft tarkibiga kiradigan asosiy kimyoviy elementlardan uglerod (82-87%) va vodorod (11-14%) ga ega. Neftning fizik xossasi uning tarkibiga bog‘liq. Solishtirma og‘irligi 0,65-g/sm3 dan 0,9 g/sm3gcha bo‘lgan neft yengil, undan yuqorisi og‘ir neft hisoblanadi. Neftning tarkibida uglevodorod 87% gacha, vodorod 10-15% gacha, kislorod 0,05-0,5 dan 5%gacha, juda oz miqdorda vanadiy, fosfor, kaliy, nikel, temir uchraydi. Neft yonilg‘i, moylash materiallari hamda sintetik tola, plastmassa, sun’iy kauchik, spirt, kislota va boshqa neft-kimyoviy mahsulotlar chiqarishda keng foydalinadi.

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling