Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»


Download 6.03 Mb.
bet149/176
Sana11.10.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1698735
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   176
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Lift quvurlar birikmasi-qazib olish qudug’idan qatlam flyuidlari (neft, gaz, suv)ni tashqariga ko’tarishga mo’ljallangan qurilma.
Neft va gaz tutqichi-neft va gazni o’zida uzoq muddatga saqlab turish qobiliyatiga ega bo’lgan ma’lum hajm va shaklli tog’ jinsi. Tutqichlar termobarik sharoitlarda suyuqlikni yaxshi o’tkazuvchan jinslar-kollektorlar va yomon o’tkazuvchan jinslar qopqonlardan tuzilgan. Qatlamdagi neft va gaz harakatiga va uyum bo’lib to’planishiga murakkab tuzilishli litologik, strotigrafik, antiklinal-litologik tutqichlar sabab bo’ladi. Qopqon ginetik va qidirish belgilariga qarab tasniflanadi. Bu belgilarga ko’ra qopqoqli, berkli, linzasimon gumbazli qopqonlarga ajratiladi.
Machta-burg’ilash yoki qo’shimcha ishlar bilan bog’liq bo’lgan tushirish va ko’tarish operatsiyalarini bajarishga mo’ljallangan. Machtaning oltisimon, A-shaklli va qurama turlari mavjud. Balandligi 10-15 m gacha bo’lgan olti shaklli machta eng ko’p tarqalgan.
Ko’chmas ekspluatatsion machtalar-neft quduqlarida ekspluatatsion ta’mirlash ishlarini bajarishga mo’ljallangan.
Kon-yer po’stida foydali qazilmalar to’plangan joy. Kondagi foydali qazilmalarning miqdori va sifati hozirgi zamon iqtisodiyoti va texnika tarraqqiyoti talabiga javob bergandagina sanoat ahamiyatiga ega kon hisoblanadi. Foydali qazilma konlar gaz, suyuq va qattiq bo’ladi. Konlar zahirasiga, sifatiga va xalq xo’jaligidagi tutgan o’rniga ko’ra kichik, o’rta va katta bo’ladi.
Neft va gazning ko’chishi -yer po’stidagi tabiiy kuchlar ta’sirida neft va gazning ko’chish joyini o’zgartirishi. Bu jarayon mineral muhit vva flyuidlarning o’zaro fizik-kimyoviy ta’sirida sodir bo’ladi. Neft va gazni ko’chishi ikki bosqichda sodir bo’ladi: birlamchi ko’chish-neft saqlovchi jinslarda, ikkilamchi ko’chish jinslardan tashqarida yuzaga kelib, uyumlarning paydo bo’lishga sabab bo’ladi.
Favvora quvvati-bir kecha-kunduzgi debiti bo’yicha gaz va neft favvoralari to’rtta toifaga bo’linadi: Kichik ( gaz< 0,5 mln m3, neft <100 m3); o’rtacha (gaz 0,5-1 mln m3, neft 100-300 m3); kuchli (gaz 1-10 mln m3, neft 300-1000 m3); juda kuchli (gaz > 10 mln m3, neft >1000 m3).

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling