mufta-qulfli ulash-burg’ilash quvurlar birikmasining mustahkamligini oshirishga va burg’ilash eritmasini chiqarishda bosimning kam yo’qolishini ta’minlashga mo’ljallangan.
Kuzatish qudug’i-yer osti suv yuzasi sathini va rejimini, harakatini, kimyoviy tarkibini, bosimini, namuna olishni, suv chiqarishni, suvli qatlamlarning o‘zaro boqliqligini kuzatishga mo‘ljallangan quduq.
Kuch (yuk) -jismlarning mexanik ta’sirlanishini ifodalaydigan kattalik. Kuch ta’sirida jismlar o‘z holatini o‘zgartiradi, tezligini o‘zgartirib, tezlanish oladi. Kuch vektor kattalik, o‘zining quyilish nuqtasi, yo‘nalishi va son qiymati bilan xarakterlanadi. U mexanik kuch, og‘irlik kuchi, ishqalanish kuchi va elastik kuchlarga bo‘linadi. Shuningdek yukning mo‘‘tadil, umumiy, foydali, ishchi xillari mavjud.
Bosim - muayyan sathdan suv ustuni balandligi bilan ifodalanuvchi bosimi.
Nasos - suyuqliklarni bosim ostida so‘rish va haydash uchun ishlatiladigan qurilma (gidravlik mashina, apparat yoki asbob). Gazlarni siqish yoki siyraklashtirish, sochiluvchan jismlarni so‘rish va haydashga mo‘ljallangan mashina ham nasos deb ataladi. Nasoslar ish bosimiga qarab: past bosimli (20 m gacha), o‘rta bosimli (20-60 m), yuqori bosimli (60 m dan yuqori) bo‘ladi. Nasosning asosiy parametri ma’lum vaqt birligi ichida haydaladigan suyuqlik miqdori bilan aniqlanadi. Nasosning tebranma, bir, ikki va uch tsilindrli, gorizontal qo‘shplunjerli, markazdan qochirma, yer yuziga o‘rnatilgan dvigateli. Markazdan qochirma botirma dvigateli va boshqa ko‘pgina turlari mavjud.
SUqma nasos - uch to‘sqichli so‘qma nasos. U gazlari bo‘lgan suyuqliklarni burg‘ qudug‘idan tortib chiqarishga mo‘ljallangan nasos.
Neft nasosi - neftni kondan quduqlar orqali chiqarib berishga mo‘ljallangan nasos. Bu nasos boshqa nasoslardan elementlarining ancha uzunligi bilan farq qiladi. Eng ko‘p tarqalganlari tebranma dastgohlar bilan harakatlantiriladigan shtangali nasoslar va elektr yuritmalar bilan harakatlantiriladigan ko‘p bosqichli markazdan qochma nasoslardir. Bu nasoslarning barchasi chuqurlikda ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |