Ikkilamchi neft - neftning dastlabki hosil bo‘lgan joyidan sizib o‘tib, boshqa joyga to‘planishi.
Naftenli neft - naftenli neftning asosiy komponent qismini neftenli uglevodorodlar tashkil qiladi. Naftenli neftlarda aromatik uglevodorodlar, qattiq parafin va asfalt-smolasimon moddalar miqdori oz darajada bo‘ladi.
Parafinli neft - tarkibida ko‘p miqdorda erigan parafinlari bo‘lgan neftlar. Odatda neft massasida parafin 0,2 dan 30% gacha bo‘ladi. Neft yonilg‘i va moy olish mahsulotlari sifatida kam parafinli (1,5% gacha), parafinli (1,5% dan 6% gacha) va yuqori parafinli (6% dan ko‘proq) guruhlarga bo‘linadi.
Birlamchi neft - dastlab hosil bo‘lgan joyida saqlanib qolgan neft.
Neft kollektori - tog‘ jinslarida suyuq neft to‘planishi uchun sharoit tug‘diradigan (kovak, g‘ovak, teshik, darzlik, bo‘shliq va yoriq) qatlamlar.
Neft mahsulotlari - uglevodorodlar va ularning ba’zi hosilalari aralashmasi, shuningdek neftni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan ayrim kimyoviy birikmalar. Neft mahsuloti yonilg‘i, surkov moylari, elektr izolyatsiya vositalari, erituvchilar, yo‘l qoplamalari, neft-kimyo xom ashyosi va boshqa mahsulotlarda ishlatiladi.
Neftli suvlar - neftli qatlamlardagi yer osti suvlari. U boshqa suvlardan ko‘pincha yuqori darajada mineralizatsiyalanishi bilan farq qiladi. Bu suvlarni xloridli-kaltsiyli-magniyli, xlor-kaltsiyli yoki gidrokarbonat-natriyli guruhlarga ajratish mumkin. Bu guruhlar tarkibida yod, brom, radiy, bariy, strontsiy va boshqalar ko‘proq tarqalgan.
Neft moylari - neftni qayta ishlash jarayonida olinadigan baland qaynovchi (t qay 300-6000S) uglevodorodlar alkilnaftenli va alkilaromatli)ning suyuq aralashmasi.
Nippel - ikki uchi rezbali kalta quvur. Burg‘ilash quvurlarini biriktirishda ishlatiladi.
Ta’mirlash asbob-uskunalari - burg‘ilash mexanizmlarini ta’mirlashga mo‘ljallangan asbob-uskunalar majmui.
Favvorali quduqlarning asbob-uskunalari - neft va gaz burg’ilash qudug’ining favvoralanishini ogohlantirishga va quduq og’zini germetiklashtirishga mo’ljallangan moslamalar majmui. Bu asbob-uskunalarga preventor, ploshkali preventor, manifold, burg’ilash surilmasi, satuser, favvora armaturasi va boshqalar kiradi. Bu moslama yordamida favvora quduqlari nazorat qilinib tartibga solinadi, zarur paytlarda esa favvoralar bekitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |