Uglerodli po’lat-tarkibida 0,04-2% uglerod va doimiy qo‘shilmalar (1% gacha marganets, 0,4% gacha kremiy, 0,07% gacha oltingugurt, 0,09% gacha fosfor) bo‘lgan legirlangan po‘lat. Tarkibidagi uglerod miqdoriga ko‘ra, past uglerodli (C 0,25% gacha), o‘rtacha uglerodli (C 0,25-0,6% gacha), yuqori uglerodli (C 0,6% dan ortiq) xillarga bo‘linadi.
Tebranma dastgoh- neftni quduqdan quduq tepasiga chiqarib olishga mo’ljallangan dastgoh.
Stratigrafiya-tarixiy geologiyaning bir qismi. Cho‘kindi, vulqon tog‘ jinslarining tarixiy ketma-ketligini, geografik tarqalishini, yer va undagi organik dunyoning tabiiy rivojlanish bosqichlarini o‘rganishga asoslangan.
Tal sistemasi - quduq ichiga burg’ilash quvurlar hamda boshqa asbob uskunalarni tushirish va ko‘tarish, mustahkamlovchi quvurlarni quduqga tushirish ishlari, quduq tubidagi dolotoga yuk uzatish kabi jarayonlarni amalga oshiradigan sistema. U kranblok, tal bloki, tal arqoni va ko‘tarish ilgakidan tashkil topgan.
Osma-chig’ir (tal) bloki - tal sistemasining harakatlanuvchi qismi bo’lib, kranblok bilan po’lat arqonlar yordamida bog’lanadi.
Osma chig’ir (tal) arqoni - qo’zg’almas kranblok va harakatlanuvchi osma chigir (tal blok)ni bog‘lovchi po’lat arqon.
So’rib chiqarish - quduqlaridan suyuqliklarni tortib chiqarishga mo‘ljallangan usul.
Quduq issiqlik ishlov berish - mahsuldor qatlamdagi neftning quduq ichiga oqib kirishini ta’minlovchi usul. Bu usul g'uduqning mahsuldorligi (debit)ni ko’paytirish uchun ishlatiladi.
Nasos - kompessor quvurlari -quduqdan foydalanishning hamma usullarida suyuqlik va gazlarning yer yuziga chiqarish uchun quduqga tushiriladigan maxsus quvurlar.
Mustahkamlovchi quvurlar -neft va gaz quduqlari devorini mustahkamlashga mo‘ljallangan quvurlar.
Qatlam fizikasi-neft va gaz konchilik geologiyasi bo‘limi. U qatlam-kollektor tog‘ jinslarining g‘ovaklik, darzlik, singdiruvchanlik, yoriqlik, neftga to‘yinganlik, qayishqoqlik, magnitlik kabi-fizik xossalarini o‘rganadi.
Flanets -quvur, armatura, rezervuar, vallar va boshqalarning birlashtiruvchi qismi; odatda, boltlar yoki shpilkalar o‘tkazish uchun bir tekisda joylashgan teshiklari bo‘lgan yassi halqa yoki diskdan iborat bo‘ladi. Quvur va rezervuarlarda zichlagichli flanets ichki bo‘shliqlarning germetikligini, val va aylanuvchi detallarda esa kuch uzatishdagi mustahkamligini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |