Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»


Download 6.03 Mb.
bet147/176
Sana11.10.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1698735
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   176
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Massiv (yaxlit) neft uyumlari- tepasi suyuqlik o’tkazmaydigan qatlam bilan qoplangan va neftni yaxshi o’tkazadigan bir tarkibli va har xil tarkibli tog’ jinslarida hosil bo’lgan qopqon (lovushka) dagi neft uyumi.
Neft debitini o’lchash-bitta yoki bir guruh quduqning neft debitini muntazam ravishda o’lchash. Bu ish maxsus mexanik o’lchagich (schetchik)yordamida amalga oshiriladi. Bunday o’lchash yo’li bilan quduqning bir soatlik, bir sutkalik, bir oylik neft debiti (miqdori) hisoblab chiqiladi.
Zahira -burg’ilash, tog’ lahimlarini o’tish, qazib olish, geologik, geofizik, topografik ishlariga sarflangan harajatlarni qoplab, halq xo’jaligini uzoq muddatlarga mo’ljallangan talabini ta’minlaydigan neft, gaz va qattiq foydali qazilmalarning hisoblangan miqdori. Odatda, zahiralarning balansli, isbotlash, baholash, bashoratlash, chiqarib olish va boshqa turlari mavjud.
Kumulyativ zaryad-burg’ quduq ichiga o’raladigan quvurlarni, sement halqalarni va neft-gaz qatlamlarini teshishga mo’ljallangan o’q-dori solingan asbob.
Neft va gaz paydo bo’lishi zonasi-neft va gaz konlarining qonuniy ravishda katta struktura (plotforma, val, antiklinoriy oldi botiqlari) elementlari bilan bog’liq bo’lish jarayoni.
Zumpf- -a) nasos vositasi yordamida chiqarilgan suv, gidroaralashmalarni qabul qilishga mo’ljallangan maxsus kovlangan joy (idish); b) quduqlarning burg’ilash ishlari vaqtincha to’xtatilganda, boshqa ishlar bajarishga halaqit beradigan boshqaruv (yetaklovchi) quvurlarni saqlab turishga mo’ljallangan quduq og’zi atrofida kovlangan chuqurlik.
Ohaktoshlar-organik va kimyoviy cho’kindi jinslar. Bular dengizda yashovchi kal’tsiyli organizm va o’simlik qoldiqlaridan paydo bo’lgan. Ohaktoshning kimyoviy tarkibida
CaO 56%, SO2 44% bo’ladi. Rangi oqish, sarg’ish, bo’zrang. Ohaktoshlarning tarkibida chaqiq jins zarrachalari, autigen, diagenetik va epigenetik minerallar uchrashi mumkin.
Afonitli ohaktoshlar -tarkibidagi asosiy komponentlarni ko’z bilan aniqlash ancha murakkab bo’lgan bir hil tarkibli, mayda zarrachali zichlangan o’q oqimtir ohaktoshlar.

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling