Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»


Download 6.03 Mb.
bet145/176
Sana11.10.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1698735
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   176
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Neftga to’yinish koeffitsienti-qatlam bo’shliqlaridagi neft hajmining hamma neftli qatlam bo’shliqlari hajmiga bo’lgan munosabati.
Neft berish koeffitsienti-qatlamning ishlash rejimiga, kollektorlarning litologik-fizik xossasiga, neft xossasiga, qazib olish sharoitiga qarab aniqlashga asoslangan koyeffitsiyent.
Foydali ish koeffitsienti-biror texnik qurilmaning unda energiya uzatish jarayonlarini amalga oshirishning yoki energiyani bir turdan boshqa turga aylanishining takomillashganlik darajasini xarakterlaydigan o’lchamsiz kattalik.
G’ovaklilik koeffitsienti-zamindagi bo’shliq щajmining zamin skeleti hajmiga nisbati.
Quduqning mahsuldorlik koeffitsienti-burg’i qudug’i debitining (sm3/sek, m3 sutkalarida) bosimini (atm.da) ko’payishi yoki kamayishiga nisbati tarzida aniqlanishi.
O’tkazuvchanlik koeffitsienti-g’ovakli tog’ jinslarining filtratsiya jarayonida o’tkazuvchanligini tasvirlovchi ko’rsatkich. o’tkazuvchanlik koeffitsiyentining filtratsiya koeffitsiyentidan farqi-filtratsiyalanayotgan (sizilayotgan) suyuqlikning xususiyatlariga bog’liq emasligi xisoblanadi.
Siqiluvchanlik koeffitsienti-tog’ jinslarining yon tomonga kengayishi imkoni bo’lmagan taqdirdagi siqilish darajasini ko’rsatadigan miqdor.
Sizilish tezligi koeffitsienti-tog’ jinslarining g’ovaklarida yoki darzliklarida bosim gradiyenti birga teng bo’lgandagi sizilishning щaqiqiy tezligini ifodalaydigan miqdor.
Kranblok-tal sistemasining bir qismi bo’lib, burg’ilash minorasi romi tepasiga joylashtirilgan moslama. U burg’ qudug’idan quvurlarni ko’tarish va tushirishga mo’ljallangan.
Aylantiruvchi moment-burg’ilash jarayonida aylantiruvchi moment sarflangan quvvatning jami bilan aniqlanadi.
Tabiiy sizilish - tog’ jinsi tabiiy g’ovaklarida suyuqlik yoki gazlarning singib harakatlanishi va ulardan ifloslantiruvchi erimagan moddalarning tozalanishi.
Jelonka -burg’ilash jarayonida maydalangan tog’ jinslarini va eritmalarini yer yuziga chiqarishga mo’ljallangan silindr shaklidagi metall idish. U quduqlarini o’zlashtirishda qumli tiqinlarni tozalashga, quduqga sement eritmasini uzatishga, sinash uchun qatlamdan eritmani tortib olishga mo’ljallangan. jelonka quvursimon korpusdan iborat bo’lib, uning pastki qismiga boshmoqli to’sqich biriktirilgan. Jelonkaning yuqori qismi kertik (rez’ba) sanchqili bo’lib, burg’ilash quvuriga yoki arqonga ulangan. Jelonkaning avtomatik, quyuvchi, tozalash, porshenli, eritmani tortish, burg’ilangan tog’ jinslarini chiqarish, sement eritmasini quyish, quduqlarni chuqurlashtirish, yassi to’sqichli, shar to’sqichli, barabanli, chig’irli va boshqa turlari mavjud.

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling