Neft va gaz kollektorlari - suyuq, gazsimon uglevodorodlarni o’ziga sig’dirish va konni ishlab chiqarish jarayonida ularni qaytarib berish qobiliyatiga ega bo’lgan g’ovakli, darzli, kovakli tog’ jinslar majmui.
halqasimon bo’shliq -koltsevoy zazor atamasiga qarang.
Halqa-burg’ilash jarayonida keng qo’llaniladigan moslama. Uning zichlagich, koronkali, qaytaruvchi, harakatchan prujinali, qoplamali, sug’irish, tirgovich, tsementli va boshqa turlari mavjud.
Protektor halqasi - mustahkamlovchi quvurlar birikmasini har xil shikastlanishlardan va qulflarni yeyilishdan saqlashga mo’ljallangan halqa.
Kolonkali quvur -kernni qabul qilish, uni yer yuziga chiqarish va quduqning talab qilingan yo’nalishini saqlab turishga mo’ljallangan quvur.
Mustahkamlovchi quvurlar birikmasi- quduq devorlaridagi tog’ jinslarini o’pirilishdan saqlash va ularni mustahkamlash uchun qo’llaniladigan po’lat quvurlar birikmasi.
Ekspluatatsion (foydalanish) quvurlar birikmasi-neft, gaz va suvlarni qatlamlardan quduq og’zigacha yo’qotmasdan uzatishga mo’ljallangan quvurlar birikmasi.
Kompressor -havo yoki gazni 0,015 Mpa dan kichik bo’lmagan ortiqcha bosimgacha siqadigan mashina. Tuzilishi bo’yicha hajmiy, kurakli va ishlash printsipiga ko’ra oqimli xillari mavjud. Siqiladigan gaz (havo, kislorod)ning turiga qarab, hosil qilinadigan bosimga qarab past, o’rta va yuqori bosimli xillariga bo’linadi.
Kompressor stantsiyasi -qisilgan havolarni o’ziga olish va u bilan har xil pnevmatik asboblarni ta’minlashga mo’ljallangan stantsiya.
Kompensator -burg’ilash nasosining yuvish eritmasini bir tekisda bermasligi natijasida sodir bo’ladigan bosim o’zgarishlarini pasaytirishga mo’ljallangan qurilma.
Geologik kompleks-cho’kindi hosil bo’lishidan boshlab, burmalanish va granitoidlarning cho’kindi jinslarini yorib kirishi bilan yakunlanuvchi davr davomida hosil bo’lgan tog’ jinslari to’plami.
Konduktor-burg’ilayotgan quduqlarga qo’yiladigan quvurlar. Ular quduqning to’g’ri yo’nalishi va yuqori qismi qatlamlaridagi jinslarning mustahkamligini taminlaydi va suvdan muhofaza qilish uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |