6-Amaliy ish Mavzu: Tog‘ jinslarini qazib olish korxonasi ishlab chiqarish quvvatini aniqlash (4 soat)


Download 30.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana31.01.2024
Hajmi30.87 Kb.
#1819619
  1   2   3



6-Amaliy ish 
Mavzu: Tog‘ jinslarini qazib olish korxonasi ishlab chiqarish quvvatini aniqlash (4 
soat) 
 
Ishdan maqsad: Tog‘ jinslarini qazib olish korxonasining vaqt fondi va ishlab chiqarish 
quvvatini xisoblash. 
Nazariy qism 
Ishlab chiqarish bazasi – inshootlar, mashinalar va jixozlar majmui bo‘lib, yo‘l qurilishi 
uchun zarur bo‘lgan materiallarni qazib chiqarish, yarim maxsulotlar, buyum va detallarni 
tayyorlashni ta’minlaydi. Ishlab chiqarish korxonalariga omborlar, rels bo‘yi bazalar, temir yo‘l 
va boshqa qatnov yo‘llari, dastlabki maxsulotni tayyorlash uchun qurilmalarlar kompleksi – 
asfaltbeton va sementbeton zavodlari, emulsiya bazalari, ishchilar yashashi va xizmat qilishi 
uchun binolar va xonalar (oshxona, garderob, yotoqxona va boshqalar) kiradi. Korxonalar 
quvvatiga, bir joyda ishlash muddatiga qarab doimiy (statsionar), yarim statsionar (buzib 
quriladigan) va ko‘chma turlarga bo‘linadi. Yo‘llarni tezkorlik usuli bilan qurishda ko‘chma 
korxonalarning alohida o‘rni bor. Bunday korxonalarning hamma yoki aksar agregatlari va 
mashinalari pnevmatik g‘ildiraklar ustiga o‘rnatiladi. SHuningdek, tez buzib quriladigan 
omborlar ham korxonani qurilayotgan yo‘lning bir uchastkasidan boshqasiga ko‘chirish va yo‘l 
qurilish oqimiga qo‘shilib ketish imkonini beradi. Mashinasozlikdagi texnologik jarayonlarning 
murakkabligiga va imkoniyatlariga qarab, korxonalar avtomatlashgan, robotlashgan, berilgan 
dastur bo‘yicha ishlaydigan bo‘lishi mumkin. Korxonada ko‘plab mashinalar, jumladan 
avtomatlashgan mashinalarning bo‘lishi, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, sozlash 
ishlarini tegishlicha tashkil etishni taqozo etadi. Korxona ishining samaradorligiga maxsus yuk 
ortish-tushirish jihozlari bo‘lgan ombor xo‘jaligining ahamiyati bor. Moddiy-texnik bazani 
yanada rivojlantirishni avtomobil yo‘llari, binolar, ko‘priklar va boshqa inshootlarning 
ishonchliligini oshiradi, ayni vaqtda, qurilishning material sig‘imi va narxini, avtomobil yo‘lini 
ekspluatatsiyaga topshirish muddatini qisqartiradi. 

Download 30.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling