Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»
Gazkoidensat konlarini qatlam bosimini saqlash bilan ishlashning o‘ziga xosligi
Download 6.03 Mb.
|
Документ Microsoft Word
11.4. Gazkoidensat konlarini qatlam bosimini saqlash bilan ishlashning o‘ziga xosligi
Qatlam bosimini saqlash quruq gaz yoki suvni unga haydash bilan amalga oshirilishi mumkin. Quruq gazni haydash mazkur konning gaz zahralarini ma’lum vaqt davomida saqlash imkoniyati bo‘lganda qo‘llaniladi. Suv haydashni amalga oshirish arzon suv manbalarining borligiga, haydovchi quduqlarning qabul qiluvchanligiga va kollektorlik xususiyatlariga, qatlamning har xillik darajasiga bog‘liq. Qatlam bosimini saqlash usullarining har biri o‘zining afzallik va kamchiliklariga ega. Kondensatni ko‘proq qazib olish quruq gazni qatlamga qayta haydash (saykling-jarayon)da erishiladi. Bu jarayonda oluvchi va haydovchi quduqlar tizimiga ega bo‘linadi. Oluvchi quduqlardan yog‘li gaz qazib olinadi. Haydovchi quduqlar orqali qatlamga quruq gaz haydaladi. Bunda quyidagilar kuzatiladi. Birinchidan, quruq gazni haydash qatlam bosimini boshlang‘ich (yoki kondensatsiyalanishni boshlanish bosimdan yuqori) darajasida ushlash imkonini beradi. Natijada, qatlam bosimi saqlanar ekan, teskari jarayonlar amalga oshmaydi. Ikkinchidan, quruq gaz quduqlarga yog‘li gazni siqib keladi. Mazkur ijobiy omil keyin o‘zining teskarisiga aylanadi - quruq gaz yaxshiroq sizdirilayotgan hudud va qatlamchalardan oluvchi quduqlarga yorib o‘tadi. Gazni aylantirish (sirkulyatsiya qilish) rentabel bo‘lmaydigan vaqt keladi. Shunda gazkondensat konini qatlam energiyasi so‘nish tarzida ishlash davom ettiriladi. Bu jarayonning asosiy kamchiligi - gaz zahiralarini nisbatan uzoq (bir necha yil) saqlash. Bu munosabatga ko‘ra quruq gazni qisman haydash mumkinligi, ya’ni kondensat olinayotganla bir vaqtning o‘zida qazib olingan gazni qandaydir qismini istemolchiga uzatish va qolgan quruq gazni qayta qatlamga haydash mumkinligi nisbatan afzalligidir. Quruq gazni qisman haydashda uning faqat bir qismi (umumiy qazib olishning 40-80%) qatlamga qayta haydaladi. Shuning uchun bosim qisman saqanganda, u ishlash boshidan boshlab bir tekisda kamayib boradi. Bu yerda yutuq shunda-ki, gaz zahiralari saqlanmaydi, yutqazish esa - kam kondensat beraolishlik koeffitsiyentiga erishishda (bosimni boshlang‘ich darajada saqlashga nisbatan). Quruq gazni haydash uchun yuqori bosimli kompressorlar talab qilinadi, bu esa ba’zi holatlarda hal qiluvchi omil bo‘lib qolishi mumkin. Quruq gazni haydashda qoldiq gazning qoldiq hududchalari hosil bo‘lishi mumkin, alohida yuqori o‘tkazuvchan va sizdirilayotgan qatlamchalardan oluvchi quduqlarga quruq gazni yorib kirishi sodir bo‘ladi. Bu esa, tabiiyki, quruq gazni haydash jarayonini samarasini pasaytiradi. Quruq gazni quduqqa yorib kirishi bilan kondensat qazib olish vaqt davomida (kondan gazni doimo olishda) pasayadi. Gazkondensat qatlamiga suv bostirishda chegara tashqarisiga yoki chegara ichkarisiga usulini amalga oshirish mumkin. Birinchi holatda xaydovchi quduqlar gaz-suv chegarasi tashqarisiga joylashtiriladi; ikkinchisida esa - gazlilik maydoni ichra. Oxirgi holatda suvni gaz-suv chegarasi yaqiniga haydash kerak. Suvni haydashda maydon va qalinlik bo‘yicha qatlam ko‘rsatgichlarini har xilligi, shuningdek alohida taxlam, qatlamchalarni sizdirilishini notekisligi oqibatida qatlam va quduqlar muddatidan avval suvlanishi mumkin. Haydovchi hududlarda qatlamning ochilgan qalinliklari bo‘yicha notekis suv haydalishi oluvchi quduqlar orqali uyumni notekis sizdirishni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari suv haydashda siqish fronti ortida yuqori qatlam bosimidagi gaz qolib ketadi, bu esa gaz va qondensat beraolishlikni pasayishiga olib keladi. Download 6.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling