Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»


Download 6.03 Mb.
bet34/176
Sana11.10.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1698735
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   176
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Tekshirish uchun savollar
1. Qatlamdagi haroratning uni ishlash jarayonida o‘zgarish sabablarni
tushuntirib bering.
2. Qatlamga ta’sir qilishning qanday issiqlik usullarini bilasiz?
3. Qatlam ichra harakatlanuvchi yonish o‘chog‘i deganda qanday jarayonni
tushunasiz?
4. Issiq hoshiya usuli qanday usul va uning afzalligi nimada?
5. Qatlamga issiqlik tashuvchilarni haydash jarayonini tushintirib bering.
MA’RUZA №10
Gaz uyumlarida kondensat beruvchanlikni oshirish va azberuvchanlikni oshirish maqsadida gaz uyumlariga ta’sir qilish usullari.
Ma’ruza rejasi
10.1. Gaz (gazkondensat) konlarida uyum ish tarzlari (rejimi) ning
o‘ziga xosligi
10.2. Gazberaoluvchanlikning neft beraoluvchanlikdan farqlari
Tayanch so‘zlar
Gaz rejimi, suv siquvchi rejimi, erigan gaz rejimi, gaz siqiluvchanlik koeffitsiyenti, qatlam bosimi, qatlam harorati, gazlar tarkibi, ideal gaz, real gaz magistral gaz uzatgich, qatlamning to‘yinganlik koeffitsiyenti, qoldiq gaz, gaz beruvchanlik koeffitsiyenti, yoriqli kollektor, g‘ovakli kollektor
10.1. Gaz (gazkondensat) konlarida uyum ish tarzlari (rejimi) ning o‘ziga xosligi
Ma’lumki gaz va gazkondensat konlari aksariyat ikki tarzda: gaz tarzi va gaz tarzi bilan suv siquvi tarzining aralashmasi bo‘lgan aralash tarzda qazib chiqariladi. Bunday tarzni aksariyat suv siquvi tarzi deb ham yuritiladi, chunki haqiqatdan ham uyum suv siquvi tarzi hukm surgan gidrogeologik havzaga joylashgan bo‘ladi. Lekin shunga qaramasdan uyumni ishlatishning dastlabki davrida albatta gaz uyumi tashqi suvlarga nisbatan faolroq bo‘lganligi sababli o‘z hukmini uyumda o‘tkazadi. Ya’ni mahsulot quduq tubiga qatlam bosimining kamayishi hisobiga undagi gazlarning kengayish hisobiga keladi va yuzaga chiqariladi. Qatlam bosimining kamayishi (pasayishi) davom etgan sari chekka suvlar bilan uyum o‘rtasida depressiya (bosim farqi) hosil bo‘lganligi tufayli qatlam suvlari uyumning gaz qismiga kirib kela boshlaydi va suv siquvi tarzi qatlamdagi jarayonga o‘z hissasini qo‘sha boshlaydi hamda qatlamda (uyumda) aralash tarz hosil bo‘ladi.
Gaz tarzida ishlovchi gaz va gazkondensat - uyumlari xususida fikr yuritadigan bo‘lsak, bunday uyumda chekka suvlar passiv bo‘lganliklari uchun uyumdagi bosim har qancha pasaysa ham qatlamga tashqaridan suv kirib kelishi kuzatilmaydi. Shuning uchun qatlam bosimi to‘g‘ri chiziq bo‘yicha kamayaveradi va olingan gaz miqdoriga proporsional bo‘ladi.
Bunday holatdagi uyumga oluvchi quduqlarni bir tekis qazish va ishlatish maqsadga muvofiqdir. Bunday uyumlarda gaz beruvchanlik kollektorning bir tekis va yuqori ko‘rsatgichlari mavjud bo‘lganda eng maksimal ko‘rsatgichga yetadi, ya’ni uning miqdori 0,9-0,95 hatto 0,98 ga yetadi. Qatlamning kollektorlik ko‘rsatgichlari past bo‘lganda bu miqdor 0,85-0,9 atrofida bo‘lib qolishi ham mumkin, lekin baribir bu ko‘rsatgich eng yuqori hisoblanadi.
Cuv siquvi (yoki aralash) tarzda ishlovchi - gaz va gazkondensat konlarining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritadigan bo‘lsak ularda ma’lum bosim ko‘rsatgichidan so‘ng gaz (gazkondensat) uyumi xududiga chekka suvlarning kirib kelishi va uyumning bir qismini suv bosishi hisobiga gaz beruvchanlik koeffitsiyenti pastroq ko‘rsatgichga ega bo‘ladi.
Kollektor yaxshi ko‘rsatgichlarga ega bo‘lgan hollarda gazberuvchanlik koeffitsiyenti 0,8-0,85 darajasiga yetish mumkin, lekin kollektor past ko‘rsatgichlarga ega bo‘lgan hamda chekka suvlar ancha faol bo‘lgan hollarda qatlamning gaz beruvchanlik koeffitsiyenti 0,6-0,7 atrofida bo‘lishi mumkin. Bunday uyumlarda gaz quduqlarini uyumning markaziy qismiga zichlashtirib qazilsa va ishlatilsa maqsadga muvofiqroq bo‘ladi. Chunki ishlatuvchi (oluvchi) quduqlarni tezlikda suv bosmaydi va ular uzoq muddat uyumdagi gazni olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling