MA’RUZA №9
Qatlamga issiqlik tashuvchilarni haydash.
Ma’ruza rejasi
9.1. Qatlamlardagi haroratning holati va uni ishlash jarayonida o‘zgarishi.
9.2. Qatlamga ta’sir qilishning issiqlik usullari.
9.3. Qatlam ichra yonishni qo‘llash bilan yer bag‘ridan neft olish texnologiyasi va mexanizmi.
9.4. Issiqlik tashuvchilarni qatlamga issiq hoshiya usulida haydash.
9.5. Issiqlik tashuvchilarni qatlamga haydash
Tayanch so‘zlar
Gidrofil jins, gidrofob jins, geotermik pog‘ona, geotermik gradiyent, termokimyoviy ta’sir qilish, termokimyoviy reaksiyalar hududi, asfalt-smolali moddalar, issiqlik kengayish koeffitsiyenti, texnologik tartib.
9.1. Qatlamlardagi haroratning holati va uni ishlash jarayonida o‘zgarishi
Qatlam haroratining boshlang‘ich kattaligi va uning taqsimlanishi konning geotermik sharoitlari bilan belgilanadi. Odatda, neft konlarining harorati mazkur geologik hududning o‘rtacha geotermik gradiyentiga mos keladi. Lekin ba’zida qatlam haroratini bu kattalikdan bir muncha farq qilishi kuzataladi. Unda qatlam harorati ko‘tarilgan yoki pasaygan hisoblanadi. Yer qobig‘ining yuqori haroratli hududi geotermal hudud deb ataladi. Neft konini ishlash jarayonida uning qatlam harorati bir qancha o‘zgarishi mumkin. Bu holat qatlamga har xil moddalarni, asosan, qatlamning boshlang‘ich haroratiga nisbatan boshqacha haroratdagi suvni haydashda, shuningdek qatlamdagi ekzotermik reaksiyalar natijasida yuzaga keladi. Qazib olinayotgan suyuqlik va gazning, shuningdek qatlam jinsida sirqiyotgan moddalarning gidravlik ishqalanishi natijasida ham qatlam harorati kam darajada bo‘lsada o‘zgaradi. Qatlam haroratini yer ostida taqsimlanishi va vaqt davomida o‘zgarishiga konning haroratiy tarzi deb ataladi. Neft qatlamlarida haroratning o‘zgarishi asosan issiqlik o‘tkazuvchanlik va konveksiya hisobiga yuzaga keladi. Neft qatlamlari atrofdagi jinslardan va boshqa qatlamlardan issiqlikka nisbatan ajratilmagan (teploizolyatsiya). Shuning uchun neft qatlamining biror bir hududida boshqa hududlarga nisbatan haroratning o‘zgarishi issiqlik o‘tkazuvchanlik tufayli issiqlikni uzatilishi va qayta taqsimlanishiga olib keladi. Qatlamdagiga nisbatan boshqa haroratdagi suvni unga haydash va qatlam haroratidagi neftni olish qatlamdagi harorat va issiqlikni o‘zgarishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |