Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»


Download 6.03 Mb.
bet39/176
Sana11.10.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1698735
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   176
Bog'liq
Документ Microsoft Word

11.5. Saykling-jarayoni
Gazkondensat konini ishlashning bunday nomlanishi unda qatlam bosimini saqlashni amalga oshirilishining mantiqidan kelib chiqqan - qatlamga mazkur qatlamdan olingan, lekin gazni tayyorlash qurilmasidan o‘tkazilgan va suyuq uglevodorodlari ajratib olingan gaz haydaladi, boshqacha qilib aytganda gazni aylana haydash (saykling-jarayon). 30 chi yillarning o‘rtalarida AQShda ko‘plab gazkondensat konlari ochildi. Bu vaqtda bunday konlarni ishlatishda bo‘ladigan termodinamik holatlar mantiqi o‘rnatildi. Shuni aytish lozimki, bu davrda gazni iste’mol qilish juda ham kam bo‘lib, lekin suyuq uglevodorodlarga talab katta edi. Shuning uchun bu vaqtda gazkondensat konini qatlam bosimini gazni qayta haydash orqali saqlash bilan ishlash keng tarqaldi. U qimmat narxda sotilayotgan kondensatni qatlamdan maksimal olishga va arzon gazni saqlashga imkon bergan. Gazkondensat qatlamlariga quruq gazni haydashdan maqsad qatlamda suyuq uglevodorodlarni teskari kondensatsiyalanishini minimumgacha yetkazish uchun qatlam bosimini yetarli darajada yuqori (odatda kondensatsiyalanishni boshlanish bosimidan bir muncha yuqori) saqlash hisoblanadi. Quruq gazning asosiy komponenti metan bo‘lganligi uchun quruq gazlar deyarli barcha qatlam gazkondensat tizimlari bilan to‘la aralashadi. Eksperimentlar ko‘rsatadi-ki, bir-biri bilan aralashadigan bir tizim bilan ikkinchisini siqish yukori samara beradi va odatda bu samara 100% teng yoki yaqin.
Nazorat uchun savollar
1.Gazkondensat koni (uyumi) barqaror kondensatni miqdoriga qarab qanday guruhlarga bo‘linadi?
2.Uyum so’nish tarzlarida ishlanishi shartlarining tavsifini tushintiring
3.Saykling-jarayoni tushintiring


MA’RUZA №12
Quduqlarni ishlatishga tayyorlash
Ma’ruza rejasi
12.1.Maxsuldor qatlamni ochish usullari.
12.2.Quduq tubi jixozlari.
12.3.Fil’tirlarning tuzilishi.
12.4.Quduqda quvurlarni teshish
12.5.Quduqni o’zlashtirish va suyuqlik oqimini hosil kilish usullari

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling