Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»


Download 6.03 Mb.
bet29/176
Sana11.10.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1698735
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   176
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Nazorat savollari
1. Qatlam bosimini ushlash uchun qanday ishchi agentlar qo‘llaniladi?
2. Gaz haydash qanday sharoitlarda qo‘llaniladi?
3. Gaz haydashda uchraydigan muammolarni sanab o‘ting?
4. Gaz haydash texnologiyasini tushintirib bering?
5. Qanday holatlarda qatlamga havo haydash ko‘zda tutiladi?
6. Havo haydashning kamchiliklarini aytib o‘ting?
7. Neftni unda aralashuvchi eritmalar bilan siqishda qanday ishchi agentlrdan foydalaniladi?


MA’RUZA №8
Neftni karbonat angidrid va karbonlashgan suv bilan haydash
Ma’ruza rejasi
8.1. Neftni karbonat angidrid va karbonlashgan suv bilan haydash tavsifi
8.2. Neftni karbonat angidrid va karbonlashgan suv bilan haydash texnologiyasi
Tayanch so‘zlar
Korbanat angidrit, korbanat angidritli hoshiya, korbanat angidritning erishi.
8.1. Neftni karbonat angidrid va karbonlashgan suv bilan haydash tavsifi
Qatlamga karbonat angidrid haydash neftbaoluvchanlikni oshirishning eng samarali usullaridandir. Karbonat angidridni qatlamga haydash natijasida neft chiqarishda yuqori natijalarga erishish mumkin va eng muhimi bu usulning arzonligidir.
Karbonat angidridning neft qatlamiga haydalishi qatlam sharoitidagi suyuqliklarning qovushqoqligini keskin kamaytiradi. Karbonat angidridning neftda erishi uning qovushqoqligini 10-500 % orasida kamaytirishi mumkin, qatlam harorati va bosimiga ham ta’sir qiladi. Neft tarkibida korbanat angidritning erishi uning hajmiy koeffitsiyentini 50 % oshirishi mumkin.
Neft hajmining ortishi neft bilan to‘yingan g‘ovaklar hajmini ham oshiradi va ulardagi harakatga foydali ta’sir ko‘rsatadi.
Neft qovushqoqligining kamayishi uning harakatini osonlashtiradi, natijada neftni siqib chiqaruvchi suyuqlik kislotasi kamayadi.
Karbonat angidridning qatlam suvida yaxshi erishi natijasida suvning qovushqoqligi ortib, neftning suvga nisbatan harakatlanishi yaxshilanadi. Karbonat angidrid qatlamda neft va suv o‘rtasidagi sirt tarangligini kamaytiradi.
Yuqorida ta’rif qilingan xususiyatlar tavsiya qilingan usulning samaradorligidan dalolat beradi. Lekin karbonat angidridni qatlamga haydashning asosiy kamchiligi suvda erigan gaz harakatlanuvchanligi yuqori bo‘lganligi uchun siqib chiqaruvchi agent yorib chiqishi kuzatiladi va mo‘ljaldagi ishga ziyon yetkazadi.
Neftni karbonat angidrit bilan siqib chiqarish qatlamni qamrashning yuqori ko‘rsatgichi bilan ajraladi, hamda siqib chiqarish xususiyatining yuqoriligi bilan ahamiyatga molik.
Karbonat angidritning suvda va neftda yaxshi erishi eng yaxshi xususiyat bo‘lib, neftni siqib chiqarishga eng qulay sharoit yaratadi.
Gazning bu xususiyati neft tomchilarini g‘ovaklar orasidan yuvib chiqishga va natijada ko‘proq neftberuvchanlikka erishishga olib keladi, g‘ovakli sharoitni yuviluvchanligini oshiradi va shular natijasida qatlamdan siqib chiqariladigan neft miqdori ortadi.
Karbonat angidridning neftda eruvchanligi harorat va bosimga bog‘liq bo’ladi. Neftning bir hajmida karbonat angidridning yuzlab hajmi erishi mumkin. Boshqa sharoitlari bir xil bo‘lgan holda karbonat angidrid С57 neftlarida juda yaxshi eriydi, smola mazutlari ko‘p neftlarda uning erishi ancha yomonlashadi. Bosim o‘zgarmagan holda haroratning oshishi karbonat angidridning neftda erishini kamaytiradi.
Karbonat angidrid qatlam suvlarida yaxshi eriydi, lekin bu xususiyat biroz chegaralangandir.
Bunga harorat bosim va suv ta’sir ko‘rsatadi. Minerallanganligi va harorat o‘zgarmagan holda bosim ortishi bilan uning suvda erishi ortadi. Minerallanganligi va bosim o‘zgarmagan holda haroratning ortishi bilan karbonat angidridning suvda erishi bir xil bo’lmaydi. Harorat va bosim o‘zgarmagan holda suvning mineralizatsiyasi ortishi bilan unda karbonat angidridning erishi pasayadi.
Karbonat angidridning suvdagi eritmasi karbonatlar bilan reaksiyaga kirishib, ularni eritadi natijada kollektorning o‘tkazuvchanligi ortadi va haydovchi quduqlarning qabul qiluvchanligi ortadi.
Neftda karbonat angidridning erishi natijasida neftning qovushqoqligi harorat, bosim sharoitida 2-150 martagacha kamayishi mumkin. Bu xususiyat quyuq neftlarda yaxshiroq seziladi.

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling