6.5. Neftni ishqorlar yordamida siqib chiqarish.
Neftni ishqorli eritma bilan siqib chiqarish jarayonida ishqorli eritma kollektor g‘ovaklaridagi neft plyonkalari bilan o‘zaro ta’sirga kirishganligi natijasida qatlamda yuqori dispers eritma hosil bo‘ladi. Gazdan holi bo‘lgan qatlam neftiga ishqorli eritma ta’sir qilganda ishqor-neft orasidagi sirt tarangligi anchagina kamayadi. Chunonchi, NaON ning 0,01-0,1% eritmasi bilan qatlamga ta’sir qilganda uning neft beruvchanligi ancha ortishi kuzatiladi. Eritmaning konsentratsiyasi oshirilganda undan olingan samara deyarli sezilarsiz bo‘lgan edi. Ishqor bilan neft orasidagi sirt tortishuvning keskin kamayishi neft tomchilarining g‘ovaklar orasidan harakatini osonlashtiradi. Shuning natijasida qatlamning haydalayotgan suv bilan qamrab olish darajasi ortadi. Shunday qilib, ishqorli suv haydash jarayonida qatlamda yuqori dispersli emulsiya vali hosil qilinib, natijada neft beraolishlikning ortishiga olib keladi.
Yana shuni e’tirof etish lozimki, o‘tkir natriy ishqorga ko‘rsatilgan samaradan tashqari kollektorning va unga shimilgan suyuqlikning xossalarini yaxshilashga yordam beradi, chunki u o‘zaro munosabat natijasida hosil bo‘lgan ortiqcha moddalarni o‘zida eritish xususiyatyaga egadir. Ishqorli suv haydash jarayonida suyuqlikning ho‘llash darajasi (yuvuvchanlik darajasi) ortishi hisobiga yuqori neft beraolishlikka erishiladi. Ko‘pchilik kimyoviy reagentlar, shu jumladan ishqor ham qatlamdagi gidrofob sharoitga tushgandan so‘ng uni gidrofil sharoitiga aylantiradi, gidrofob qatlamini xo‘llanish darajasini o‘zgarishi ishqorli suv haydashda sirt taranglik ko‘rsatgichi past bo‘lganligi tufayli tog‘ jinslariga yopishgan neft tomchilarini yuvib chiqarishga yordam beradi.
Tekshirish uchun savollar
1. Fizik-kimyoviy usullarga qanday usillar kiradi?
2. Qatlamga SFM haydashdan maqsad nima?
3. Polimerlarning suvdagi eritmasi yordamida neftni siqib chiqarish mexanizmi qanday kechadi ?
4. Mitsilyar eritmalarga qanday eritmalar kiradi?
5. Mitsilyar eritmalarning tasiri qanday kechadi?
6. Neftni ishqorlar yordamida siqib chiqarish qanday amalga oshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |