Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»


Qatlamga suv haydashda yuqori bosimini hosil qilish


Download 6.03 Mb.
bet22/176
Sana11.10.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1698735
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   176
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Qatlamga suv haydashda yuqori bosimini hosil qilish

Ishchi agent haydash bosimining kattaligi qatlamga suv bostirishning texnik-iqtisodiy samaradorligiga ta’sir qiladi. Suv haydash amaliyotida bosimni quduqlar ustida 5 dan 16-20 MPa gacha, alohida holatlarda 20-30 va hattoki 40 MPa gacha ko‘tarish kuzatilgan. Suv haydash malakasini va maxsus tadqiqotlarni umumlashtirish quyidagilarni ko‘rsatdi: suv haydashning amaldagi tarzlarida qo‘llaniladigan tadbir bilanqatlamning neftga to‘yingan qalinligini kichik qismigina (20-25%) qamrab olinadi; haydashning muayyan bosimlarida o‘tkazuvchan (ko‘p holatlarda yuqori o‘tkazuvchan kollektorlar) suvni qabul qilmaydilar; haydash bosimini vertikal tog‘ bosimidan ko‘targanda qatlamni suv qabul qiladigan oraliqlari ham oshadi (qalinlikni haydash bilan qamrash); qabul qiluvchanlikni haydash bosimidan indikator bog‘liqligi chiziqli emas, shuningdek qabul qiluvchanlikni oshish sur’ati bosimni oshish sur’atidan bir muncha yuqori. Bu shuning bilan tushuntiriladi-ki, haydash bosimining ortishi bilan qatlamning yoriqlari ochiladi va ularning o‘tkazuvchanligi oshadi; nonyuton neftlari va tizimlari uchun siljish bosimining chegaraviy gradiyenti yengib o‘tiladi; birinchi ikki omilga qarama-qarshi bo‘lgan indikator chizig‘ini egilishga olib keladigan inersion qarshilik yuzaga keladi. Indikator chizig‘ida quyidagi ikki bosimni ajratish mumkin: Р'-haydashning birinchi kritik bosimi; u mexanik mustahkamlik bo‘yicha eng kuchsiz qatlam oraliqlarida yoriqlarning ochilish yoki paydo bo‘lish bosimiga to‘g‘ri keladi (uning eng quyi nuqtasi gidrostatik bosim hisoblanadi);
Р''- haydashning iqkinchi kritik bosimi, u qalinlik bo‘yicha qamrashning maksimal ko‘rsatgichiga to‘g‘ri keladi; uning ortib ketishi yoriqlilikni tezda ortishiga, suvni qabul qiluvchi bir necha ulkan yoriqlaring hosil bo‘lishiga olib keladi.

    1. Jadallashtirilgan suyuqlik olish

Usulni birinchi marta 1938 yilda Ozarbayjon konlarida qo‘llash boshlangan. Texnologiyasi oluvchi quduqlarni debitini bosqichma-bosqich oshirishdan iborat (Pq.tb-quduq tubi bosimini kamaytirish bilan). Usulning fizik-gidrodinamik mohiyati Pq.tb ni kamaytirish orqali bosimni yuqori gradiyentini hosil qilishdan iborat. Bunda yuqori suvlangan turli qatlamlarda neftning qoldiq to‘plamchalari, linzalar, to‘silgan va turg‘un hududlar, kam o‘tkazuvchanlik; qatlamchalar va b. ishlashga jalb qilinadi.
Usulni samarali qo‘llashning shartlari quyidagilar hisoblanadi:
a) mahsulotning suvlanganligi kamida 80-85% bo‘lishi kerak (so‘nggi davrning boshlanishi);
b) quduqlarning mahsuldorlik koeffitsiyentining va quduq tubi bosimining yuqoriligi;
v) quduqlar debitining oshirishning imkoniyati borligi (kollektor mustahkam, o‘zga suvlarning kirib kelish xavfi yo‘q, ishlatuvchi quduqlar texnik soz, yuqori unumdorlikdagi jihozlarni qo‘llash uchun sharoit borligi, mahsulotni yig‘ish va tayyorlash tizimining o‘tkazish qobiliyati yetarli bo‘lishi lozim)

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling