Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»
Download 6.03 Mb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- MA’RUZA №5 Qatlamlarning neft beraolishligini oshirishning gidrodinamik va tebranma to‘lqinli usullari. Ma’ruza rejasi
- 5.4. Qatlamga suv haydashning yuqori bosimini hosil qilish 5.5. Jadallashtirilgan suyuqlik olish. Tayanch so‘zlar
- Neft beraolishlikni oshirishning gidrodinamik usullari
Tekshirish uchun savollar
1. Qatlamga nima maqsadda suv haydaladi? 2. Qatlamga suv haydashning qanday turlari bor va ularning yutuq-kamchiliklari? 3. Qatlamga haydalayotgan suv miqdori qanday belgilanadi? 4. Haydovchi quduqlar oluvchi quduqlardan qanday farqlanadi? 5. Qatlamga haydash uchun qanday asboblardan foydalaniladi? 6. Qatlamga haydaluvchi suvning sifatlari qanday bo‘lishi kerak? MA’RUZA №5 Qatlamlarning neft beraolishligini oshirishning gidrodinamik va tebranma to‘lqinli usullari. Ma’ruza rejasi 5.1. Neft beraolishlikni oshirishning gidrodinamik usullari 5.2. Siklik suv bostirish 5.3. Sirqish okimlarini yo‘nalishi o‘zgartirish 5.4. Qatlamga suv haydashning yuqori bosimini hosil qilish 5.5. Jadallashtirilgan suyuqlik olish. Tayanch so‘zlar Suv yorib o‘tishi, jadallashgan usulda suyuqlik olish, uyumning sizdirilayotgan hajmi, uyumni (ishlatish obyektini) ishlashning umumiy davri, qatlamdan neft (gaz)ni siqish, Neft beraolishlikni oshirishning gidrodinamik usullari Gidrodinamik usullarning vazifasi - qatlamning kam o‘tkazuvchan va neftga to‘yingan hajmida qamrab olish koeffitsiyentini oshirish. Bunga mavjud quduqlar to‘ri zichligida yoki ularni ishga tushirish ketma-ketligida, suyuqlikni haydash va olish rejimlarini muvofiqlashtirish orqali erishiladi. Bu usullar suv haydash jarayonini muvofiqlashtirish, jadallashtirishga harakat qilib, uni tubdan o‘zgartirishni talab qilmaydi. Neft beraolishlikning gidrodinamik usullari - konlarning yuqori samara bilan ishlash uchun mahsuldor qatlamlarga va neftni suv bilan siqish tarzida uni yer bag‘ridan to‘laroq olish maqsadida gidrodinamik ta’sir qilishning rivojlangan texnologiyalarini o‘zida mujassam qiladi. Amalga oshirish texnologiyasi va mahsuldor qatlamlarga ta’sir qilish darajasiga ko‘ra neft beraolishlikni oshirishning gidrodinamik usullari ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga faqat quduqlar ishlash tartibini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladigan va kuchsiz sizdirilayotgan zahiralarni faol ishlashga jalb qilishga yo‘naltirilgan gidrodinamik usullargina kiradi. Bu usullar «nostatsionar (muqim bo‘lmagan) suv bostirish» nomini olgan bo‘lib quyidgilarn o‘z ichiga oladi: Haydovchi quduqlarda: - haydash bosimini ko‘tarish; - davriy suv bostirish, shuningdek suv bostirishni impuls bilan pasaytirish (to‘xtatish); - haydovchi quduqlari guruhlari bo‘yicha sarfni qayta taqsimlash (sirqish oqimlarini yo‘nalishini o‘zgartirish); - turli qatlamlarga bir quduq orqali suvni bir yo‘la-alohida haydash; - o‘tkazuvchanligi past bo‘lgan qatlam va qatlamchalarga tanlab suv haydash; - ishlash tarzini o‘zgartiruvchi va quduq potensialini tiklovchi quduq tubi atrofiga ishlov berish usullari (gidroimpuls, to‘lqinli ta’sir); - haydovchi quduqlarni ish tarzini o‘zgartiruvchi boshqa usullar (qatlamni gidravlik yorish, oraliqlararo ishlov berish va b.); oluvchi quduqlarda: - suyuqlik olishni butun ishlash obyekti bo‘yicha alohida qatlam, blok, hudud, qism yoki oluvchi quduqlar guruhi bo‘yicha o‘zgarishi; - mazkur qism, hudud, blokning bir guruh yoki alohida quduqlaridan jadallashgan suyuqlik olish; - bir guruh yoki alohida quduqlarni davriy vaqtinchalik to‘xtatish va qo‘shish; - ko‘p qatlamli obyektlarni quduqlarini bir yo‘la-alohida ishlatish; - suv oqimlarini yo‘qotish maqsadida ko‘p hajmli qatlam ichra ta’sirlar (to‘sish, ajratish ishlari); - quduq tubiga tizimli ishlov berish, qatlamni gidravlik yorish, quduqlar mahsuldorligini oraliqlar aro oshirish (otish, qayta otish va b.). Ikkinchi guruhga zahiralari avval sizdirilmagan yoki kuchsiz sizdirilgan turli jinsli o‘zgaruvchan qatlam (hudud, qism va qatlamchalar)ni ishlashga jalb qilishga yo‘naltirilgan usullar kiradi. Bu usul (tadbir)lar qatlamlarga ta’sir qilish texnologiyasi bo‘yicha bir-biridan ancha farq qiladi, ishlashning texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlariga ta’sir qilish darajasi juda ham yuqori, shuning uchun ham ular loyihaviy hujjatlarda, ishlash tahlili va avtorlik nazorati bo‘yicha hujjatlarda asoslanadi. Ularga quyidagilar kiradi: - suv haydash frontini amaldagi bor quduqlarga ko‘chirish; -ishlashning bo‘lmali tizimlarida mahsulot oluvchi quduqlarni haydovchiga o‘tkazish yo‘li orqali haydovchi quduqlarning qo‘shimcha qatorini tashkil qilish; - alohida oluvchi quduqlarda suv haydashning o‘choqlarini tashkil qilish; - linzalar, tutilgan hududlar, kam o‘zgaruvchan qavatchalardagi neftning sizdirilmagan zahiralarini qo‘shimcha oluvchi va haydovchi quduqlarini qazish, boshqa obyekt va qatlamlardan quduqlarni o‘tkazish, obyektlarni kengaytirish, mustaqil ishlash hudud va maydonlarini tashkil qilish orqali ishlashga jalb qilish; - gazneft konlarining gaz osti hududlaridan neft zahiralarini qazib olish maqsadida suv haydash orqali ta’sir qilishning to‘sma maydon bo‘ylab va chegara ichra suv bostirishning boshqa turlarini tashkil qilish; - murakkab tuzilgan va qiyin olinadigan neft zahiralari uchun suv haydashning boshqa yangi texnologiyalari. Download 6.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling