Tekshirish uchun savollar
1. Neft beraolishlikni oshirishning gidrodinamik usullarining qanday
turlarini bilasiz?
2. Siklik suv bostirish usulini aytib bering?
3. Siqish oqimlarini yo‘nalishini o‘zgartirishni qanday usullarini bilasiz?
4. Jadalllashtirilgan suyuqlik olish usullarini aytib bering
MA’RUZA №6
Qatlamga fizik-kimyoviy ta’sir usullari.
Ma’ruza rejasi
6.1. Neft beraolishlikni oshirishning fizik-kimyoviy usullari.
6.2. Sirt-faol moddalari aralashmalarini qatlamga haydash
6.3. Polimerlarning suvdagi eritmasi yordamida neftni siqib chiqarish
6.4. Mitsilyar eritmalar bilan neftni siqib chiqarish.
6.5. Neftni ishqorlar yordamida siqib chiqarish
Tayanch so‘zlar
Siquvchi agent hoshiyasi, neftning sirt-faol moddalari, naftenli kislotalar, smolalar, asfalten, qattiq suv.
6.1. Neft beraolishlikni oshirishning fizik-kimyoviy usullari.
Fizik-kimyoviy usullarda neftni qatlamdan siqib chiqarish jarayoni har xil kimyoviy reagentlar eritmalari (polimerlar, sirt-faol moddalar, kislotalar, ishqorlar), mitsilyar eritmalar va sh.k bilan amalga oshiriladi.
Fizik-kimyoviy usullar siqish va qamrab olish koeffitsiyentlarini bir vaqtda yoki ulardan bittasini oshirishni ta’minlaydi. Ular ikki guruhga bo‘linadi: fazalararo sirt taranglik (tortishuv)ni pasaytirishga asoslangan va fazalar harakatlanuvchanligi nisbatini o‘zgartiruvchi, siqish va qamrab olish koeffitsiyeitlarini oshirishni ta’minlovchi, suv haydashni yaxshilovchi usullar; ishchi agentlarni neft va suv bilan to‘la va qisman aralashishiga asoslangan usullar. Kimyoviy reagentlardan foydalanilgan holda suv haydash bir guruh usullarda amalga oshiriladi va ularda qatlamga haydaladigan kimyoviy reagentlar konsentratsiyasi 0,02-0,2% miqdorda bo‘ladi. Bunda reagent g‘ovaklik hajmining 10-20% ni egallaydi, qolgan qismiga ular suv bilan haydaladi va suriladi. Eritma g‘ovaklikning boshqa qismiga suv bilan surilar ekan, jarayonni amalga oshirishda mavjud quduqlardan foydalanish taqazo etiladi.
Bunday eritmalar qatlam sharoitida 50-60 mPa*s qovushqoqlikka ega bo‘lgan neftlarda ham qo‘llanishi mumkin. Bu usul qazib chiqarishning dastlabki davrlarida qo‘llansa unda suv haydash usuli bilan qazib chiqarishga nisbatan neft beraolishlik 9-10% ortishi mumkin. Shunday qilib neft beraolishlikni oshirishning quyidagi usullarini ko‘rib chiqamiz:
- Qatlamlardan neftni sirt-faol moddalarining suvdagi eritmalari bilan siqish;
- Neftni unda aralashuvchi eritmalar bilan siqish;
- Polimerlarning suvdagi eritmasi yordamida neftni siqib chiqarish;
- Mitsilyar eritmalar bilan neftni siqib chiqarish;
- Neftni ishqorlar yordamida siqib chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |