6.2. Sirt-faol moddalari aralashmalarini qatlamga haydash.
Neft qatlamini tashkil qiluvchi mineral zarrachalarni yuzasining molekulyar xususiyati turlicha bo‘ladi. Tog‘ jinsining zarrasi yuzasi neftga nisbatan suv bilan yaxshi ho‘llanilishi mumkin; bu holatda tog‘ jinsi gidrofil bo‘ladi, agarda jins suvga nisbatan neft bilan yaxshiroq ho‘llansa unda gidrofob bo‘ladi. Shuning bilan birga tog‘ jinsi qisman gidrofil va gidrofob bo‘lishi ham mumkin. Gidrofob jins neftni bir qismini zarrachaning yuzasida ushlab qoladi. Bu neft plyonkasini qatlamga haydaladigan suv bilan yuvish mumkin. Agarda suvni yuvish xususiyati yaxshilansa samara yanada yuqoriroq bo‘lishi mumkin. Neft kollektorlarida yarim mineral muhitda sirt-molekulyar xususiyatni o‘zgartirishga siquvchi suvga sirt faol moddalari (SFM) bilan ishlov berish orqali erishish mumkin.
So‘nggi davrlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, yuqori konsentratsiyadagi, sirt faol moddalari aralashmasini bir qancha muddat haydagach orqasidan suv haydalsa, kam konsentratsiyadagi SFMlarini doimiy haydaganga nisbatan yaxshi natijalar berar ekan. Shuningdek, qatlamlarga suv haydashda SFMni ta’sirini kuchaytirish uchun SFMning suvdagi aralashmasidan ma’lum qalinlik hosil qilib orqasidan qatlam ichiga suruvchi oddiy suv haydab, «hoshiya» usulidan foydalanish kerak. SFMlarining suvdagi aralashmalarini haydash usuli 1965 - yillarda 35 dan ko‘p uyumlarda sinab ko‘rilgan. Haydalayotgan SFM aralashmasining hajmi juda ham katta bo‘lishi lozim (g‘ovaklar hajmidan kamida 2-3 marta). SFM hududining qatlam bo‘yicha siljishi, siqish hududiga nisbatan 10-20 marta sekinroq.
SFM aralashmasini haydash texnologiyasi juda ham sodda bo‘lib, kondagi texnologiya va quduqlarning joylashtirilish tizimiga katta o‘zgartirish kiritilmaydi. SFMni konsentratsiyasini tayyorlab uzatish uchun UDPV-5 qurilmasi ishlab chiqilgan. Usulning kelajagi asosan, qabul qiluvchanlikni oshirish uchun haydovchi quduqlar tubi atrofiga ishlov berish, zich gilli kollektorlarni o‘zlashtirish uchun kuchsiz konsentratsiyadagi (0,05-0,5%) va yuqori konsentratsiyadagi (1-5%) aralashmalarni haydash va haydash bosimini pasaytirish, shuningdek fazalararo tortishuvni 0,01-0,05 mN/m gacha kamaytiruvchi SFMning yangi kompozitsiyalarini yaratishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |