Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»
Download 6.03 Mb.
|
Документ Microsoft Word
4.2.Xaydovchi quduqlar
Qatlamga suv haydash texnologiyasini quyidagicha tasavvur qilish mumkin. Birinchi navbatda suv olgichdan(birinchi ko‘targich nasos stansiyasi) olingan suv yig‘ma suv omboriga to‘planadi va undan ikkinchi ko‘targich orqali tozalash inshootlariga beriladi. Bu yerdan magistral suv uzatgich orqali uchinchi ko‘targich nasos stansiyasi yordamida suv haydagichning qabul havzasiga yuboriladi, undan tarmoq nasos stansiyalari orqali 6-8 quduqdan iborat haydovchi quduqlarga yuboriladi. Quduqqa suv haydash uchun ishlatiladigan markazdan qochma elektr nasoslari bilan suv taqsimlagich qurilmalariga kamida 250 atm. bosim bilan yetkazib beriladi, so‘ngra taqsimlagichlar yordamida quduqqa yo‘naltiriladi. Agar suv daryo qirg‘og‘ida joylashtirilgan qirg‘oq osti quduqlaridan olinadigan bo‘lsa birinchi ko‘targich nasos stansiyasining hojati bo‘lmay to‘g‘ri ikkinchi ko‘targich nasos stansiyasi orqali haydovchi quduqqa keltiriladi va quduqqa haydaladi. Markazdan qochma elektronasos yordamida qatlamga haydaladi. Agar qirg‘oq osti quduqlari vaakum qozonlarga tutashtirilgan bo‘lsa (ular yer yuzasidan pastda qazilgan shaxtada joylashtirilgan bo‘ladi) o‘sha joyda mavjud bo‘lgan birlamchi ko‘targich stansiyasi nasoslari bilan ikkinchi ko‘targich nasoslari stansiyasiga uzatiladi va undan tarmoq stansiyasiga yuboriladi. Ba’zan sifon kollektordan to‘g‘ri tarmoq stansiyasiga suvni uzatish hollari ham uchraydi. Bunday hollarda suv uzatish jarayonini uzoqdan kuzatish va boshqarish uchun VNII tomonidan ishlab chiqilgan masofadan boshqarish qurilmasidan foydalanish mumkin. Bu qurilma Tuymazin va Bavli konlarida muvaffaqiyatli qo‘llangan. Bu tizim asosan uch qismdan iborat bo‘lib, birinchisi boshqarish va nazorat pulti, ikkinchisi rele qutisi va quduq bilan boshqarish pultini bog‘laydigan aloqa tizimidan iboratdir. Nasoslarni ishga tushirish va ularni to‘xtatish boshqaruv pulti orqali bajariladi. Undan tashqari ularning ishini nazorat qilish va avariya holatlarini ham bildiruvchi signal berish ham shu joyda ko’zda tutiladi. Rele qutichasi orqali quduqlardagi avtomatlarni ishga tushiradi va to‘xtatadi, unda quduqlar avtomat tizimi, elektr yuritgichlar muhofazasi joylashtirilgan. Quyidagi hollarda yuritgich avtomatik ravishda ishdan to‘xtatiladi. 1. podshipniklar qizib ketganda; 2. qisqa tutash holatida; 3. ikki fazada ishlagan holatda; 4. uzoq ishlaganligi tufayli asboblar qizib ketganda. Aloqa tizimi butun quduqlar bilan bog‘langan uch tarmoqli o‘rnatilgan simlar orqali bajariladi. Suv haydash tizimidan shunday variantini tanlash lozimki, undan barcha jarayonlarni bajarish qulay va quvurlar sarfi eng kam va jarayon arzon bo‘lishi lozim. Qatlam chegarasidan tashqaridan suv haydash va qatlam ichidan suv haydash tizimlari aksariyat ishga tushirilayotgan konlarning hammasida qo‘llanayotgan bo‘lib, ularni qo‘llash neft qazib chiqarish ishining ajralmas qismi bo‘lib xizmat qiladi va provardida neftberuvchanlikning ortishiga xizmat qiladi. Qatlamga (uyumga) suv haydash natijasida uni ishlatishni davom ettirish va shu yo‘sinda yuqori neftberaoluvchanlikka erishish tajribasi juda ham ko‘plab variantlarga egadir. Dunyodagi mashhur gigant va katta konlar ushbu usul bilan ishlatilgan va yaxshi natijalarga erishilgan. Mashhur sharqiy Texas (AQSh koni, Kelli-Snayder koni (AQSh), Romashkino, Tuymazi, Ishimboyevo va boshqa konlar, Kirko‘k (Iroq) va boshqa ko‘plab yirik konlarning ishlatilishi tarixi albatta suv haydash bilan chambarchas bog‘langandir. 80-yillarda sobiq ittifoqda ishlatilgan konlarning 80 % dan ortig‘ida suv haydash usuli qo‘llanganligi ma’lum. Shuni alohida qayd etish lozimki, neftberaoluvchanlikni oshirish maqsadida qatlamga suv haydalar ekan, bu ish o‘zining mantiqan nihoyasiga yetishi lozim. Ochiqroq fikr yuritadigan bo‘lsak qatlamga anchagina suv haydaganimiz tufayli unda gidravlik daraja anchaga ko‘tariladi, suyuqlikning olinish darajasi ortishi imkoniyati paydo bo‘ladi, lekin quduqlarning suvlanganlik darajasi ham ancha yuqori. Ushbu sharoitda qatlamga ba’zi hollarda suv haydashni kamaytirib yoki hatto to‘xtatib qo‘yish hollari ham kuzatilgan. Yoki asbob-uskuna yo‘qligi tufayli qatlamdan jadal suyuqlik olish imkoni bo‘lmaydi. Bu holatda qatlamdagi yuvilgan qatlamchalardan neftni chiqarib olish imkoni qo‘ldan boy beriladi. Anchagina qoldiq neft mavjud bo‘lganda qatlamga ko‘plab suv haydash, undan ko‘plab suyuqlikni chiqarib olishga imkon beradi, chunki cho’kma elektronasoslar yordamida 800-1000 m3/sut miqdorda quduqdan suyuqlik chiqarilganda uning tarkibidagi neft miqdori ortishi va shunday qilib ko‘plab qo‘shimcha neft olishga erishish mumkin. Demak, neftberaoluvchanlikni oshirishning asosiy omillaridan biri qatlamdan jadal ravishda suyuqlik olishdir. Bunda albatta eng kichik qatlamchalar hamda past o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan qatlam qismlari suyuqlik bilan yuvilish va ta’sirdan holi bo‘lmasligi kuzatiladi. Ma’lumki, 1 tonna olinadigan neftga aksariyat 3m3 suv to‘g‘ri keladi, 1m3 neftni olish uchun o‘rtacha 3-5 m3 va hatto 10 m3 suv haydashga to‘g‘ri keladi. Bu miqdor juda katta bo‘lib, mabodo olinayotgan neftning yarmiga yaqini suv haydash bilan erishilayotgan bo‘lsa yer shari bo‘yicha taxminan yiliga 6 mlrd m3 ga yaqin qatlam suvi olinadi va qatlamga 8-10 mlrd m3 suv to‘g‘ri keladi. Albatta qatlam suvlarini bir joyga joylash kerak, uni yoki oqar suvlarga qo‘shib yuboriladi, yoki qatlamlarga (suvli qatlamlarga) haydashga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda tabiat va atrof muhitni muxofaza qilish maqsadida bu suvlarni eng sodda holatda bo‘lsa ham (yoki uni murakkab holatda tozalash uchun ko‘plab harajat qilish lozim bo‘ladi) uning tarkibidagi eng zararli komponentlardan holi qilish lozim bo‘ladi, aks holda agar u oqar suvlarga tashlansa suv ichida bo‘lgan barcha jonzot halok bo‘lishi, bu suv boryotgan joydagi deyarli barcha o‘simliklar qurishi mumkin. Tabiatni muhofaza qilish umumjaxon ahamiyatiga ega muammo bo‘lganligi uchun har bir mutaxassis bu ishga vijdonan yondashuvini taqozo qiladi. Qatlamga haydaluvchi suvga qo‘yilgan talablarni bajarish - shart bo‘lgan amallardan hisoblanadi, zero o‘sha vazifalarning qanchalik aniq bajarilishidagi samara, neftberaoluvchanlikni oshirish ishlariga bevosita aloqador bo‘ladi. Yaxshi tozalanmagan suvni aksariyat qatlam qabul qilmay qo‘yadi, bunda ba’zan haydovchi quduqlar tubi ifloslanadi, yoki qatlamda turli reaksiyalar sodir bo‘lib, unda tuzlarning cho’kishi natijasida qatlamning o‘tkazuvchanligi keskin kamayadi va natijada qilayotgan ishimizdan salbiy samara olinishi mumkin. Qatlamga suv haydash jarayonida ko’p miqdorda suvni haydab berish, turli nasoslar bilan ishlash, ularning ish uslublari, ularni yurituvchi kuchlari turli bo‘lganligi, aksariyat elektr quvvati bilan ishlash alohida extiyotkorlikni va katta tajribani talab qiladi. Shuning uchun ham bu ishga jalb qilinadigan kishilar mahsus tayyorgarlikdan o‘tishlari taqozo qilinadi. Qatlamni muhofaza qilish, tabiatni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish, insonni muxofaza qilish - bu har bir mutaxassisning qolaversa har bir insonning muqaddas vazifasidir, shunday ekan inson tabiatning ajralmas bir qismidir. Download 6.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling