Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»


Ishlatuvchi quvurlarda tutish ishlarini olib boorish


Download 6.03 Mb.
bet88/176
Sana11.10.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1698735
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   176
Bog'liq
Документ Microsoft Word

26.2.Ishlatuvchi quvurlarda tutish ishlarini olib boorish
Tutish ishlari bir muncha ko’proq mexnat talab qiluvchi ish. Sababsiz falokat sodir bo’lmaydi. Quduqning ishlash rejimiga rioya qilmaslik va proflaktik tadbirlarni o’z vaqtida o’tkazmaslik avariya holatlarining sodir bo’lishiga sabab bo’ladi. Avariyani bartaraf etish bilan kon yoki tubdan ta’mirlash ishlari korxonalari shug’ullanadi. Kon uncha murakkab bo’lmagan ishlarni amalga oshiradi: nasos shtangasini , kanatni, jelonkani va ayrim hollarda quvurni tutish ishlarini amalga oshiradi.
Tutuvchi instrumentlar tuzilishi va turi bo’yicha turli xildir. Quvurni tutish uchun quvur tutgichlar, overshotlar, kolokol, metchiklar qo’llaniladi; shtangani tutish uchun- shlislar, oveshotlar, kryuchkalar qo’llaniladi; boshqa narsalarni tutish uchun- urochka, kryuchk, ershlar, shtronlar, magnit frezerlar va boshqalar qo’llaniladi.
Tutuvchi instrumentlar quduqqa burg’ilash yoki nasos kompressor quvurlari bilan tushuriladi. Ayrim instrumentlar shtangani yoki chuqurlik nasosini tutish uchun nasos shtangalar yordamida tushiriladi.
Quduqqa tutuvchi instrument tushirilishdan oldin, ishlatuvchi quvurlar tizmasini holatini va quduqqa qolgan narsaning boshini bilish maqsadida pechat tushiriladi. Pechat orqali quduqqa yotgan narsani holati o’rganilib, shunga qarab tutuvchi instrument tanlanadi.
Quvurni tutish uchun qo’llaniladigan asosiy instrument bu- quvur tutqich hisoblanadi. Ular ichki quvur tutgichlar ya’ni tushgan quvur ichki qismidan tutish uchun, tashqi quvur tutqichlar quvurini tashqi tomondan muftasidan tutish uchun mo’ljallangan bo’ladi.Yuqori qismi singan yoki muftasi olinib ketgan nasos – kompressor quvurini tutish uchun tutgich kalokollardan foydalaniladi.
26.3.Quduqni tugatish
Quduqni tugatish deganda texnik yoki geologik sabablarga ko’ra quduqlarni burg’ilash yoki ishlatish uchun yaroqsiz quduqlarni tugatish tushiniladi.
Burg’ilash ishlari tugallanmagan quyidagi quduqlar tugatiladi: 1) murakkab avariyaga uchragan va avariyani bartaraf etish mumkin emasligi texnik isbotlangan, shu bilan birgalikda boshqa maqsadda, haydovchi yoki kuzatuvchi quduq sifatida qo’llash mumkin bo’lmagan quduqni. 2) Quduq ochgan gorizontda neft’gazga to’yingan qatlam yo’ki quduqlarda.
Ishlovchi quduqlar quyidagi sabablarga ko’ra tugatiladi: 1) Avariyani bartaraf etishning texnik imkoniyati yo’q quduqlarni; 2) Quduq maxsuloti chekka suvlar bilan 100% suvlangan va boshqa suvlanmagan qismga o’tish imkoniyati yo’q quduqlarni.

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling