Tekshirish uchun savollar
1.Neft konlarini ishlatishni hozirgi kun muammolari va ularni yechimlari aytib bering
2.Qatlamlarni ishlatish obyektlariga oqilona birlashtirish qanday amalga oshiriladi?
3.Gaz va gazkondensat konlarini ishlatishda uchraydigan asosiy muammolar nimalar?
1b. “NEFT VA GAZ QAZIB OLISH TEXNIKA VA TEXNOLOGIYASI” FANI AMALIY MASHG’ULOTLAR UCHUN USLUBIY QO’LLANMA
Kirish
Tavsiya etilgan uslubiy ko’rsatma 5311900 -«Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun «Neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi» fanidan o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlar uchun mo’ljallangan.
«Neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi» fanidan tasdiqlangan namunaviy dasturga muofiq amaliy mashg’ulotlarga 60 soat ajratilgan. Namunaviy dastur asosida tuzilgan ishchi dasturda fanni o’rganishning har bir bo’limi bo’yicha amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun alohida maslahatlar berilgan.
Ushbu uslubiy ko’rsatmada esa har-bir bo’limda o’rganilgan nazariy bilimlarni mustahkamlash maqsadida amaliy mashg’ulotlarda echiladigan masalalar, ularning echilshi va qo’llaniladigan adabiyotlar ro’yxati ham keltirilgan.
Bu uslubiy ko’rsatmada fanni o’rganish uchun zarur bo’limlar bo’yich namuna sifatida masalalar keltirilgan. Har bir masala bo’yicha variantlar keltirilgan bo’lib, talabalar o’z bilimini mustaqil sinab ko’rish imkoniyatini beradi.
1-amaliy mashg’ulot.
Mavzu:Quduqni o‘zlashtirish texnologiyasi.
Quduqni o‘zlashtirish. Quduqni o‘zlashtirish deganda qatlamga qarshilik qiladigan bosimn pasaytirish , depressiya hosil qilish va oqim chaqirish jarayonlari tushiniladi. Asosiy hisoblanadigan parametrlarga – quduq tubi bosimi, haydash bosimi, haydaladigan flyuid hajmi va haydash davomiyligi.
Suyuqlikni almashtirish usuli. Suyuqlikni haydash to‘g‘ri (haydash suyuqligi nasos-kompressor quvurlari tizmasiga haydaladi) va teskari (haydash suyuqligi NKQ va mustahkamlovchi quvurlar oralig‘iga yani xalqaga haydaladi) usullar bilan amalga oshiriladi. Bunda har bir haydash usuli uchun ishqalanishda bosim yo‘qotilishini hisoblashni bilish kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |