Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»


Yangi vosita va usullarni qo’llash


Download 6.03 Mb.
bet4/176
Sana11.10.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1698735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Yangi vosita va usullarni qo’llash. Ta‘lim jarayonida kompyuter va informatsion texnologiyalarni joriy etish orqali ma‘lumotlarni ko’rgazmali shaklda yetkazib beradi.
Ta‘lim usuli va texnikasi. Bahs-munozara, muammoli usul, “Aqliy hujum” usuli, Insert, T-sxema, Diagramma-Venna, Keys-stadi, Ma’ruza (ko’rgazmali, tematik, muammolri, informasion).
Ta‘limni tashkil qilish shakli. Jamoa va guruhlar bo’yicha, dialog va polilogga asoslangan, o’zaro suhbat, hamkorlikda va bir-birini o’tish.
Ta‘lim vositasi. Darslik, ma’ruza matni, masalalar to’plami, kodoskop, grafikli chizmalar, kompyuterli va informatsion texnologiyalar.
Kommunikasiya usullari. Bevosita o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi tezkor teskari (qarama-qarshi) aloqaga asoslanadi.
Berilgan ma‘lumotlarni nazorat qilish usul va vositalari. Kuzatish, blits-so’rov, joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalarini tahlil qilish asosida tashxis qilish.
Boshqarishning vosita va usullari. O’quv mashg’ulotlari texnologik karta shaklida rejalashtirilgan, unda o’quv jarayonining asosiy bosqichlari, ko’riladigan masalalari va ularni nazorat qilish (joriy, oraliq va yakuniy) tartiblari aniq ko’rsatilgan.
Baholash va nazorat qilish. Har bir o’quv mashg’uloti jarayonidagi o’qish natijalarini (o’quv topshiriqlarni bajarish va testlarni baholash, har bir o’quv mashg’ulotidagi tinglovchining o’quv faoliyati reytingini baholash) hamda butun kurs davomidagi (har bir tinglovchining joriy, oraliq va yakuniy natijalarini reyting tizimi orqali baholash) natijalarni baholash.
Ma‘lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur‘atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma‘lumotlarni faqat dars mashg’lotlari paytida o’zlashtirish qiyin.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug’ullansa va o’z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o’zlashtirish mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko’nikma va malakalari mustaqil ta‘lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko’rsatish qobiliyati rivojlanadi va ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo’ladi.
Muayyan fandan o’quv dasturida belgilangan bilim, ko’nikma va ma‘lum bir qismini auditoriyadan tashqari o’zlashtirlishi: ma‘lumotlarni qaysi manbadan, qanday qilib topish, ularni tahlil qilish va zarurlarini ajratib olib tartibga solish, matnlashtirish, o’z fikrini aniq va erkin ifodalash, o’z vaqtlarini to’g’ri taqsimlash, shuningdek, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini to’g’ri baholashlarni o’rgatadi.
Bugungi kunda organik yoqilg'ilar issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun asosiy manba sanaladi. Mamlakatimiz hududi gaz, ko'mir, neft va boshqa turdagi organik yoqilg'ilargi nihoyatda boy. Issiqlik fizikasi va energetikasi muhandislari yoqilg'i yonishi jarayonlarini to'g'ri modellashtirishi, organik yoqilg'ilardan energetik maqsadlarda foydalanishning yangi texnologiyalarini yaratishi, energiya va resurs tejamkorlik muammolarini oqilona hal etishi uchun yoqilg'i to'g'risida ularning xususiyatlari va xarakteristikalari to'g'risida chuqur va mukammal bilimlarga ega bo'lishi kerak.
Dunyo mamlakatlarini olib qarasak, energiya ta'minotiga doir masalalarni hal etish uchun 200 dan ortiq qattiq, suyuq va gazsimon yoqilg'ilardan foydalaniladi. Har bir yoqilg'i o'zining xususiyatlari va sifat ko'rsatkichlvriga ega. Foydalanilayotgan yoqilg'ining sifat ko'rsatkichlari va xarakteristikalarini bilmasdan turib energoqurilmalarni loyihalash, sozlash ishlatishni imkoniyati yo'q.
Biroq keyingi yillarda yoqilg'ilardan keng foydalanish uchun 70-80 yillarda chop qilingan maxsus adabiyotlar va normativ manbalarda to'plangan ma'lumotlar ma'lum ma'noda ma'nan eskirdi deb aytish mumkin. Bundan tashqari, yangilangan davlat (GOST) standartlariga yoqilg'i bo'yicha yangicha tizim (sistema) kiritilib unga ko'ra yoqilg'ining sifat ko'rsatkichlarini aniqlash usullari va ayrim ko'rsatkichlar aniqlashtirildi. SI birliklar tizimiga bog'langan holda yoqilg'ilarning ba'zi tavsifnomalari qayta ko'rib chiqildi va yangilandi.
Ushbu o’quv-uslubiy majmuani tayyorlashda mamlakatimiz va dunyo energetikasida foydalanib kelinayotgan organik turdagi yoqilg'ilarning xususiyati va tavsifnomalarini yoritishda barcha o'zgarishlar va yangilanishlarni ko'rsatib o'tishga harakat qilindi. Qo'llanma o'quvchiga jaxonda issiqlik energiyasini hosil qilish uchun keng foydalanib kelinayotgan organik yoqilg'ilarning to'g'risida tushuncha va xarakteristikalarni beradi.



Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling