Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»
Download 6.03 Mb.
|
Документ Microsoft Word
12.2.Quduq tubi jixozlari.
Maxsuldor qatlamning ochilish chuqurligi quduqning tuzulmada joylashishiga bog’liq. 4-rasmdan ma’lumki 1-quduqdan neft olib bo’lmaydi, bu quduq suvli hududda joylashgan. 2-quduqni yana cho’qurroq qazib bo’lmaydi, chunki suvli hududga kirib qolishi mumkin. Tuzilmada eng yaxshi hududda joylashgan quduq 3-quduq hisoblanadi. Chunki pastki suvlari yo’q, to’liq qatlamni ochish mumkin, hatto bir necha metr pastroqqa ham tushirish mumkin. Maxsuldor bo’lmagan qatlamga tushmagan chuqurlikni zumpf deb atash mumkin. Quduq devorlaridan tushgan tog’ jinslari va gaz bilan aralashib chiqayotgan qum zarrachalari tushib yigiladi. Zumpf qachon neft og’irlik kuchi ta’sirida qatlamdan quduqqa tomon oqqanda kerak bo’ladi. 12.1-quduq gaz duppisiga tushgan uni ishlatmay to’xtatib qo’yish ham mumkin, neft qatlamga tushush uchun yana qazib gaz qatlamini yopib qo’yish ham mumkin. 12.1-rasm.Antiklinal tuzilmada quduqlarning joylashish tarxi Agar maxsuldor qatlam mustahkam, o’pirilmaydigan (ohaktosh, qumtosh) tog’ jinslaridan tuzilgan bo’lsa, maxsuldor qatlam ochiq holatda qoldiriladi. (12.2-rasm a) 12.2-rasm b)da yanada yaxshiroq quduq konstruksiyasi keltirilgan, bunda ishlatuvchi quvurlar tizmasi maxsuldor qatlamning yuqori chegarasigacha tushirilib sementlanadi. Maxsuldor qatlamni to’sish uchun oldindan teshiklar hosil qilingan «dumcha» tushuriladi. «Dumcha»ning yuqori qismi ishlatish quvurlar tizmasiga sal’niklar yordamida mahkamlanadi. Quduq tuzilishini soddalashtirish uchun bir qator tizma tushirilib maxsuldor qatlam sementlanmasdan yuqori qismi manjetli sementlangan tuzilishi qo’llaniladi.(12.2-rasm.v) Emiriluvchan tog’ jinslaridan tuzilgan maxsuldor qatlam to’liq quvur bilan berkitilib sementlangan bo’lib, neft qatlamdan quduqqa sizib kirishi uchun teshik hosil qilingan bo’ladi. Quduqqa tushirilgan oxirgi tizma ishlatish quvurlari tizmasi deb ataladi, uni quduq ustidan quduq tubigacha yoki maxsuldor qatlamni to’sib turishi uchun quduq tubidan suvni to’sib turuvchi tizmaning boshmog’igacha tushirilishi mumkin. Quduqqa tushirilgan bu qismni «dumcha» deb atashimiz ham mumkin. Maxsuldor qatlamga qarshi turgan quvurlar tizmasida teshiklar hosil qilinadi va ularni fil’trlar deb ataladi. Fil’trning vazifasi quduq devorini o’pirilishdan saqlash va qatlamdan maxsulotni quduqqa tushishini ta’minlashdan iborat. Quduq tubi tuzilishi va konstruksiyasi har- xil bo’lgan quduqlar mavjud. 12.2- rasm.g)da tasvirlangan tuzilishli quduq eng ko’p tarqalgan turlardan hisoblanadi. Quduqqa bir vaqtda suv to’suvchi va ishlatuvchi bitta tizma maxsuldor qatlam tubigacha tushirilib semonlanadi. Maxsuldor qatlam semonlangandan keyin tizma teshiladi. Sement qotgandan keyin uni teshish natijasida ochiq holatdagidek sizish kuzatilmaydi. Sizishni yaxshilash uchun ko’proq teshik hosil qilinsa, tizmaning mustahkamligiga ta’sir qiladi. 12.2-rasm. Neft qudug’i tuzilishi. Download 6.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling