Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»
Download 6.03 Mb.
|
Документ Microsoft Word
12.3.Fil’tirlar tuzilishi
Fil’tirlar tayyorlanishiga qarab ikki guruhga ajratiladi: 1)Avval tayyorlanib keyin quduqqa tushiriluvchi fil’tirlar. 2)Quduqqa tushirilib keyin tayyorlanadigan fil’tirlar. Birinchi guruh fil’tirlarining eng oddiysi, bu oddiy mustahkamlovchi quvurlarda shaxmat tartibida diametri 1,6 dan 1,9mm gacha bo’lgan teshiklar teshib hosil qilingan fil’tirlar hisoblanadi. Bunday fil’tirlar yuqori o’tkazuvchan bo’lib, qum zarrachalarining quduqqa kirib kelishiga to’sqinlik qilmaydi. Tayyorlanishi arzon va o’tkazuvchanligi yuqori bo’lgan bunday oddiy fil’tirlar qattiq tog’ jinslaridan tashkil topgan konlar uchun qo’l keladi. Emiriluvchan tog’ jinslaridan tuzilgan maxsuldor qatlam uchun ariqchali teshik hosil qilib yasalgan fil’tirlarni qo’llash yaxshi samara beradi. Bunday fil’tirlar ma’lum miqdorda qum zarrachalarini o’tkazib qolgan qismini fil’tir ortida ushlab qoladi va fil’tir ortidan diametri katta bo’lgan qumlar ikkinchi qumli fil’tir hosil qiladi. Filtirlar tuzilish jihatidan ikki turga bo’linadi: 1)Ariqchali teshik hosil qilgan quvurlar, bu ariqchali teshiklar quvurining uzunligi yoki ko’ndalangiga hosil qilingan bo’lishi mumkin. 2)Himoya setkasi o’rnatilgan yoki maxsus simlar bilan o’ralgan teshiklar hosil qilingan quvurlar. Ariqchali fil’tirlardan tashqari, qimmat va kam qo’llaniladigan toshli fil’tirlar turi ham mavjud. Toshli fil’tirlar tuzilishining har-xilligiga qaramasdan uni ikki turga ajratish mumkin: 1) Fil’tir quduqqa tushirilib toshni keyin joylashtirish. 2)Fil’tir yuqorida toshlar bilan tayyorlanib keyin quduqqa tushiriladi. Fil’tirlarda ishlatiladigan toshlar shar shaklida bo’lishi kerak va u juda mustahkam emirilmasligi shart. Kvars toshlarini qo’llash juda samaralidir. dgr/dqum<12 bo’lishi kerak. Bu ko’rsatkichni 6 dan 8 gacha oralig’ida tanlash yaxshi samara beradi. Fil’tirlar qalinligi tosh diametridan 5 marta katta bo’lib, uning o’tkazuvchanligi qatlam qumlari o’tkazuvchanligidan 30 marta ortiq bo’ladi. Toshlarni o’lchamiga qarab, tashqi va ichki kojuxlarda uzunligi 25-35 mm, eni 1,5-2,2 mm bo’lgan to’rt qator teshiklar hosil qilinib, tashqi va ichki kojuxlar bir-biri bilan payvandlangan bo’ladi. Fil’tirning birinchi tushirilgan qismining uchiga yopiq chugunli yunaltiruvchi bo’ladi. Yuqori qismiga esa ishlatuvchi quvurni ulash uchun o’tkazuvchi ulangan bo’ladi. Yuqorida aytib o’tilgan toshli fil’tirdan tashqari quduq tubiga qumni zichlantirilgan fil’tirlar ham qo’llaniladi. Bunda boshqa fil’tirlardan farqi teshilgan tizma ortiga katta zarrachali kvars toshlari (joylashtirilgan) to’ldirilib fil’tir hosil qilinadi. Fil’tirni o’rnatishdan oldin tizimda 1m ga 20 tadan teshik teshiladi. Bunda qum qatlamni gidravlik yorish uskunalari yordamida zichlanadi. 12> Download 6.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling