12.5.Quduqni o’zlashtirish va suyuqlik oqimini hosil qilish usullari
Maxsuldor qatlamdan quduq tomon suyuqlik oqimini hosil qilish usullari, shu qatlamning tavsifi, uni ochilish usuli va qatlam bosimidan kelib chiqib tanlanadi. Oqim hosil qilish uchun quduq tubi bosimini tushirish quyidagi usullar orqali amlga oshiriladi.
Quduqdagi loyli eritmani suv bilan almashtirish.
Quduqdagi suvni neft bilan almashtirish.
Quduqdagi suyuqlik sathini porshenlash usulida pasaytirish.
Quduqdagi suyuqlik sathini kompressorlar yordamida siqilgan gaz orqali kamaytirish.
Suyuqlik og’irligini ayerosiya usuli yordamida kamaytirish. Bunda siqilgan gaz va suyuqlik (neft’dagi suvni) birgalikda haydash orqali o’zlashtiriladi.
Loyli eritma suv bilan almashtirish yoki boshqacha qilib aytganda quduqni yuvish quyidagicha amalga oshiriladi. Quduqda teshish ishlarini o’tkazilgandan keyin favvora quvuri fil’tirgacha tushiriladi. Keyin favvora quvuri va ishlatish quvurlari tizmasi orasiga suv haydaladi. Loyli eritma favvora quvuri orqali chiqib ketadi. Quduqda loyli eritma to’liq suv bilan almashtirilganda ham oqim hosil bo’lmasa, unda suv neft’ bilan almashtiriladi. Bu holda ham oqim olinmasa porshenlash yoki siqilgan gaz suyuqlik sathi pasaytiriladi.
Porshenlash usulida filtirgacha tushirilgan ko’taruvchi quvurga yuqoriga oluvchi klapn bilan jixozlangan porshen po’lat kanatlar yordamida tushiriladi. Qachon porshen pastga harakat qilganda klapin ochilib suyuqlik yuqoriga harakatlanadi. Porshen yuqoriga harakatlanganda suyuqlikni favvora quvuridan yuqoriga haydaydi va suyuqlik satxini kamaytiradi va shu tarzda oqimni hosil qilishga yordam beradi. Bu usulni kamchiligi ochiq quduqda ish olib borilishidadir, chunki ochiq quduqda favvoralanish ko’p kuzatiladi.
Quduqda oqimni hosil qilish uchun porshenlash usulida NKQ tushiriladi. Quduqqa porshen diametri 16 mm yoki 19 mm bo’lgan po’lat kanat yordamida tushiriladi. Porshen suyuqlik sathidan 75-150 m chuqurlikkacha tushiriladi.
12.4-rasm.Porshen: 1- metal shtanga; 2-biriktiruvchi qulf; 3-quvurcha; 4-quvurcha; 5-manjet.
Do'stlaringiz bilan baham: |