Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»
Download 6.03 Mb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19.5. Tebratma-dastgoh
19.4.Nasos quduqlari usti jixozlari
Nasos quvurini ushlash, quduq maxsulotini yo’naltirish va quduq ustini jixozlash uchun hamda quvur ortki qismidagi gazni olish uchun nasos qudug’i ustiga maxsus jixozlar o’rnatiladi. Nasos qudug’i usti jixozi (19.3-rasm) uchlik – salnik va planshaybadan tashkil topgan bo’ladi.Quduqning uchi bo’rtib chiqqan nasos quvurlari bilan jixozlashda quvur quyidagicha mahkamlab qo’yiladi: planshayba markazidan nasos quvuri diametriga mos teshik hosil qilinib nasos quvuri rezbasi tushadigan silindrik rezba hosil qilinadi. Planshaybaga ikki tomonidan rezba ochilgan uzinligi 1metr bo’lgan quvurcha 14 berkitilib yuqorisidan mufta 11 mahkamlanadi. Pastki qismiga ko’taruvchi quvur tizmasining muftasi mahkamlangan bo’ladi. Mufta 11ga salnikli zichlagich uchlik 9ga mahkamlanib, u orqali silliq shtok 10 o’tkaziladi. Salnik, korpus va shtok oralig’ini zichlashtiradi va oqimni yontomondagi chiqish yo’liga yo’naltiradi. Planshaybada A teshikcha teshilgan bo’lib, u quvur ortidan gazni olish uchun xizmat qiladi. B teshikcha esa quduqdagi sathni Yakovlev apparati yoki exolot yordamida o’lchash uchun xizmat qiladi. Sath o’lchangandan keyin B teshik tiqin 16 bilan berkitiladi.Gaz olish uchun mo’ljallangan teshikka quvurcha 15 ventil bilan mahkamlanadi. Planshayba o’chami mustahkamlovchi quvirlar tizmasi diametri va uning flansiga qarab tanlanadi. 19.3-Nasos qudug’i usti jixozlar. a-bo’ylama kesimi: 1-tutqich; 2-boshcha; 3-usti vtulka; 4-salnikli zichlagich; 5-quyi vtulka; 6-prujina; 7-tayanch shayba; 8-salnik korpusi; 9-uchlik; 10-silliq shtok; 11-mufta; 12-planshayba; 13-ishlatuvchi quvurlar flanesi; 14-quvurcha;15-quvurcha ventil bilan; 16-tiqin. 19.5. Tebratma-dastgoh Konlarda Azinmash ishlab chiqgan bir-necha turdagi reduktorli irg’alma-qurulma ishlatiladi. Reduktorli irg’alma-qurulma tuzilishidagi umumiyliklar quyidagilar. 1)Barcha dastgohlar yopiq ikki pogonali reduktorga ega. 2)Reduktor ikki kolodkali tormoz tizimi bilan jixozlangan bo’lib, dvigatelni to’xtatgandan keyin balansirni tebranishdan to’xtatish uchun mo’ljallangan. 3)Dvigateldan reduktorga harakatni uzatish uchun klino simon tasma xizmat qiladi. Ular suv o’tkazmas, yog’ingarchilikdan himoyasiz ishlatilsa ham bo’ladi. Yong’inga xavfsiz hisoblanadi. 4)Barcha dastgohlarda po’lat arqon osmalardan foydalaniladi. Bu nasos silindiriga plunjerni o’rnatishda silliq shtokni tartiblashni osonlashtiradi. Maxsuldorligi har-xil bo’lgan quduqlar uchun har-xil turdagi tebratma-dastgohlar ishlab chiqarilgan.GOST-5866-56 bo’yicha besh xil tebratma - dastgoh ishlab chiqilgan: SKN-2-615, SKN3-1515, SKN5- 3015, SKN10- 3315, SKN10- 3012. bu erda: a) birinchi uch harf – «stanok-kachalka normalnoga ryada» normal qatorli irg’alma-qurulmalar. b) xarflardan keyingi sonlar-shtanga osilgan nuqtaga berilayotgan zuriqish tn da. v) chiziqchadan keyingi sonlar- uch sonlida –birinchisi, to’rt sonlida –oldindagi ikkitasi, shtanganing osilish nuqtasidan yurish uzunligi dm da. g) oxirgi ikki son - bir minuttagi balansirning tebranishlar soni. Barcha irg’alma-qurulmalar to’rtta asosiy qisimdan tuzilgan bo’ladi(19.1-rasmga qarang) Tirgaklar yuqorisiga tayanch plita o’rnatilgan bo’lib, unga balansir o’qining tebranishi uchun ikkita podshibnik o’rnatib mahkamlanadi. Reduktor 11 ramaga o’rnatiladi va bolt bilan mahkamlanadi. Etaklanayotgan valning har - ikkala tomoniga bittadan krivoship 13 o’rnatilib, unga chugunli posongi mahkamlanadi. Dvigateldan reduktorga harakat ikkita parallel ishlovchi krivoship- shatunli mexanizm orqali uzatiladi. U balansir bilan kundalang travers 8 orqali ulanadi. Shatun 10 quvurdan tayyorlangan bo’lib, uning yuqori qismiga boshcha payvandlangan bo’ladi. Irg’alma-qurulma turini tanlash quduqdan olinadigan suyuqlik miqdoriga va quduqning chuqirligiga bog’liq bo’ladi. Download 6.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling