Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»


Download 6.03 Mb.
bet65/176
Sana11.10.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1698735
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   176
Bog'liq
Документ Microsoft Word

19.3.Shtangali chuqurlik nasoslari
Shtangali chuqurlik nasoslari tuzilishi jihatidan ikki guruhga ajratiladi: quvur nasoslari va suqma nasoslar.
Chuqurlik nasoslari porshenlarining turlariga qarab plunjerli va manjetli nasoslarga bo’linadi.
Quvurli nasoslar silindri nasos quvurlari bilan ulingan bo’lib u bilan birgalikda quduqqa tushiriladi, plunjer esa shtangalar yordamida quduqqa tushirilib ko’tarib olinadi.
Suqma nasoslar silindri va plunjeri birgalikdi yig’ilgan holatda nasos shtangasi bilan quduqqa tushiriladi. Quduqqa suqma nasos o’rnatilish tarxi 23-rasmda keltirilgan.

19.2-O’rnatiladigan nasos qurilmalari
a va b qo’zg’almas: v-silindri harakatlanuvchi; a-tayanchi yuqorida; b va v tayanchi pastda.
1-nasos shtangalari; 2-nasos quvuri; 3-zichlovchi konus; 4-tayanch muftasi; 5-nasos silindri; 6-plunjer; 7-yo’naltiruvchi quvur.
Silindr 5 nasos quvurlari tizmasi 2 ga qo’shimcha tushirilgan tayanch mufta 4 ga o’rnatiladi. Nasos muftaga maxsus ushlab turuvchi moslama yordamida biriktiriladi. Muftaga berkitilgan nasos oddiy quvurli nasosi kabi ishlaydi.
Quvurli chqurlik nasoslari NGN-1 va NGN-2 oddiy tuzilishga ega bo’lib neft qazib olishda ko’p qo’llaniladi. Uning kamchiliklaridan biri nasosni echib olish kerak bo’lsa nasos shtangasi va nasos quvurlari ham echib olinishidadir. O’rnatiladigan nasosni echishda esa faqat nasos shtangasi echiladi. Quvurli nasosni echish bir oz vaqtni oladi bu esa neftni qazib olishga ta’sir ko’rsatadi.
Quvurli nasos o’rnatiladigan nasosdan arzon, uzoq vaqt ta’mirsiz ishlaydi, faqat quduq tubini tozalashda ko’tariladigan quduqlarda qo’llash iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Bunday quduqlarda qanday nasos ishlatilishidan qat’iy nazar tamirlash vaqtida ko’tariladi. O’rnatiladigan nasosning asosiy kamchiligi tez ta’mir talabligidadir.
Bundan tashqari quvurli nasos debiti yuqori bo’lgan quduqlarda ishlatiladi. Quduqqa bir-xil diametrli suqma nasos tushirilsa quvurli nasosini har-xil diametrligini tushirish mumkin bo’ladi.
O’rnatiladigan shtangali chuqurlik nasoslarining ikki turi mavjud: stasionar va harakatlanuvchi.
Stasionar nasos silindri qo’zgalmas bo’lib plunjer shtagaga osilgan holatda oddiy quvur nasosidagi kabi yuqoriga pastga harakatlanadi.
Harkatlanuvchi nasos shtanga osilgan silindr harakatda plunjer esa qo’zgalmas bo’ladi.
O’rnatiladigan nasos uchun ushlab turuvchi moslama nasosning yuqori yoki pastki qismida bo’ladi. Shuning uchun o’rnatiladigan nasos ushlab turuvchi moslamaning joylashishiga qarab ham turlarga ajratiladi (19.1-rasm a,b,v).

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling