Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman


modeli. Konstruksiyalarni qobiq bilan o‘rash yechimi aynan jonli4tabiatdan olingan. Pnevmatik qurilmalar ham juda katta rol o'ynaydi


Download 1.64 Mb.
bet20/144
Sana18.06.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1575366
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   144
Bog'liq
ИТМ МАЖМУА (2022-2023)

modeli. Konstruksiyalarni qobiq bilan o‘rash yechimi aynan jonli4tabiatdan olingan. Pnevmatik qurilmalar ham juda katta rol o'ynaydi.
Ular insonga ilk bor yeming tortishish kuchini yengish, havoda uchishga
imkoniyat yaratishga yordam berdi. Ularning g‘oyasi ham tabiatdan
olingan, chunki pnevmatik konstruksiyalarning eng barkamol
andozalaridan biri biologik hujayradir. Ayrim mevalar va urug‘lar tabiatda o‘ziga xos «parashyutchalar», «yelkan» yoki qanotli o‘simta yordamida tarqalishga moslashgan. Tabiiy moslashishning mazkur usullari
bilan insoniyat sivilizatsiyasining yelkan, parashyut, qanot modellaridan
foydalanuvchi mahsullari o‘rtasida o‘xshashlikni ko‘rish qiyin emas.
Texnolog o‘z g‘oyalari to‘g‘riligining tasdig‘ini tabiatdan izlaydi.
Bunday Ixtirolarni yaratishda olim tabiiy laboratoriya sirlaridan,
uning yechimlari va topilmalaridan foydalanadi. Biroq ixtiro - bu
o‘xshashi yo‘q, yangi narsani yaratish hamdir. Tadqiqotchilar bunday
ixtiro jarayonini besh bosqichga ajratadilar. Birinchi bosqich konseptual
modelni yaratish, maqsadlar va chegaralarni belgilash bilan bog‘liq.
Ikkinchi bosqichda vositalar va tamoyillar tanlanadi. Uchinchi
bosqichda berilgan fizik harakat tamoyilida u yoki bu oqilona yechimni
tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yerda eng maqsadga muvofiq
uyg‘unlik topilgunga qadar elementlar va texnologik ko‘rsatkichlarning
variantlari bilan ishlanadi.
To‘rtinchi bosqich berilgan texnik yechim
ко‘rsatkichlarining optimal qiymatlarini aniqlashni o‘z ichiga oladi.
Beshinchi bosqich yaratiluvchi tuzilmalarni loyihada belgilar yordamida
aks ettirish va so‘ngra ularni moddiylashtirishni nazarda tutadi1.
Biroq texnika fanlari shu darajada har xil va rang-barangki, ularni
yagona oilaga birlashtirish uchun asoslarni izlash jiddiy muammoga
aylanadi. Har xil tizimli-texnikaviy bilimlarni birlashtirish mexanizmi
sifatida N.Abramova kristallning o‘sish modelini taklif qiladi. Bu yerda
oziqlanish muhitining negizi va tuzilishi o‘rtasida muvoflqlikni saqlash
bosh shart hisoblanadi. Negiz sifatida mehnat faoliyati tushuniladi,
oziqlanish muhiti sifatida esa mehnat gigiyenasi, axborot nazariyasi kabi
fanlaring tamoyillari va tushunchalari amal qiladi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling