Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman


lerarxiyaviy formuladan foydalanishni engillashtirish uchun


Download 1.64 Mb.
bet16/144
Sana18.06.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1575366
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   144
Bog'liq
ИТМ МАЖМУА (2022-2023)

lerarxiyaviy formuladan foydalanishni engillashtirish uchun
atamalarni juft-jufit qilib guruhlash qulaydir. Bunda uch juftlik hosil
bo‘ladi: dastlabki juftlik - matematika va astronomiya; pirovard juftlik -
biologiya va sotsiologiya; oraliq juftlik - fizika va kimyo. Bundan
tashqari, har bir juftlik guruhlanuvchi fanlarning tabiiy o‘xshashligini
ko‘rsatadi, ularning sun’iy ajratilishi esa, o‘z navbatida, ayrim
qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Bu biologiyani sotsiologiyadan
ajratish ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ladi.
O.Kont taklif qilgan tasnif zamirida oddiydan murakkabga,
abstraktdan muayyanga, qadimgidan yangiga sari harakat tamoyillari
yotadi. Garchi murakkabroq fanlar soddaroq fanlarga asoslansa-da, bu
oliyning quyiga reduksiyasini anglatmaydi. Kont tasnifida mantiq va
psixologiya kabi fanlar mavjud emas, chunki mantiq, uning fikricha,
matematikaning qismi hisoblanadi, psixologiya esa, qisman
biologiyaning, qisman - sotsiologiyaning bo‘lagidir.
Vilgelm Diltey (1833-1911) ruh haqidagi fanlar va tabiat haqidagi

fanlarni ajratdi. Faylasuf o'zining «Ruh haqidagi fanlarga kirish»
asarida ularni avvalo predmetiga ko‘ra farqlaydi . Tabiat haqidagi fanlar
predmetini insonga nisbatan tashqi hodisalar tashkil etadi. Ruh haqidagi fanlar insoniy munosabatlarni tahlil qilish bilan shug‘ullanadi. Olimlarni
avvalo, tashqi obyektlarni tabiiy fanlaring ma’lumotlari sifatida
kuzatish, qolaversa, ichki kechinmalar qiziqtiradi. Bu erda biz dunyo
haqidagi tasavvurlarimizni o‘z emotsiyalarimiz bilan boyitamiz, tabiat
esa, xuddi begonadek, sukut saqlaydi. «Kechinmalar»ga murojaat etish
ruh haqidagi fanlari asoslashning birdan-bir yo‘li ekanligiga Dilteyning

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling