Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman


Dinamik qonuniyatlarda dunyoga ilmiy yondashuv namoyon


Download 1.64 Mb.
bet24/144
Sana18.06.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1575366
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   144
Bog'liq
ИТМ МАЖМУА (2022-2023)

Dinamik qonuniyatlarda dunyoga ilmiy yondashuv namoyon
bo‘ladi. Ijtimoiy ong shakli sifatidagi fanning boshqa bir o'ziga xos
xususiyati shundaki, rang-barang fanlar borliqning obyektiv (insondan
tashqarida, insonga ham, insoniyatga ham bog'liq bo'lmagan holda)
mavjud hodisalari va jar ayonlar ini o'rganishni nazarda tutadi. Butun
olam tortishish qonuni, kvadrat tenglamalar, kimyoviy elementlar davriy
jadvali, termodinamika qonunlari obyektivdir. Ularning amal qilishi
fikrlar va kayfiyatlar bilan ham, olimning shaxsi bilan ham belgilanmaydi. Fan o‘z xulosalarini nazariyalar, qonunlar va formulalarda
ta’riflaydi. Shu tariqa u olimning o‘rganilayotgan hodisalarga va u yoki
bu kashfiyot olib kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy oqibatlarga
individual, emotsional munosabatidan tashqariga chiqaradi. Oqilona
ilmiy bilim predmetli va shaxssiz obyektivdir. Boshqacha aytganda, fan
o‘z predmeti bilan bajaradigan barcha amallar qonuniyatlar va
muntazam aloqalar nomidan yangi sifatda amal qiladi.
Obyektivlik doimo ilmiy bilim ideali va uning asosiy mezoni sifatida
amal qilgan.Bunda obyektivlik, birinchidan, bilimning o‘z obyekti bilan
mos kelishini qayd etuvchi taomil sifatida, ikkinchidan, subyekt va
uning bilish faoliyati vositalari bilan bog‘liq barcha narsalarni bilimdan
chiqarib tashlash taomili sifatida tasavvur qilingan. Obyektivlikning bu
ikkinchi ma’nosi, V.Porus fikriga ko‘ra, Yevropa xristian madaniyati
kontekstida insonning gunohkor, «buzuq» tabiati haqidagi tasavvurlar
bilan bog‘liq bo‘lgan.
Biroq amalda bilimni uni olish jarayonidan ajratish qiyin. Masalan,
mikrofizika obyektlari kuzatish vaziyatining tarkibiy qismlari
hisoblanadi. Bunga, jumladan, V.Geyzenberg ishora qiladi. F.Girenok
obyektivlik tamoyilini quyidagicha ta’riflashni taklif qiladi: dunyo to‘la
belgilangan, basharti uning to‘liqligi inson bilan birga, biroq tafakkurdan
qat’i nazar shakllangan bo‘lsa2.
Bugungi kunda obyektivlik tushunchasining har xil talqinlarini qayd
etish mumkin. Ba’zan obyektivlik bilan umumiy ahamiyatga moliklik va
intersubyektivlik bog‘lanadi. Obyektivlik deganda ko‘pincha biron-bir
vaziyatda o'zgarmaydigan, bir variantli jarayonlar nazarda tutiladi. Ko‘p
sonli mantiqiy, metodologik, falsafiy omillar uyg‘unligi va muvofiqligi
sifatidagi obyektivlik haqidagi tasavvur ayniqsa keng tarqalgan. Bunda
subyektga bog‘liq emaslik obyektivlikning muhim va asosiy jihati bo'lib9qoladi. Intersubyektivlik va obyektivlikni tenglashtirish mumkin emas,

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling