Toshkent davlat texnika universiteti


XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


Download 52.59 Kb.
bet3/7
Sana02.01.2022
Hajmi52.59 Kb.
#191690
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI . B.S.O

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH


Davlat iqtisodiy siyosatining muhim shartlaridan biri tovar va xizmatlarning izchillik bilan jahon bozoriga kirib borishidan iborat. Bozorni amalga oshirishda transport va logistika tizimi asosiy omil hisoblanadi. Ishlash, kichik biznes mavzularini boshqarish rivojlantirish uchun logistika infratuzilmasini yanada rivojlantirish va takomil qilinishi zarurdir. Milliy iqtisodiyotni boshqarish muhim sohasini tashkil etuvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishida ishbilarmonlik muhiti yaratilishida iqtisodiyotimiz tenglashtiriladi va amalga oshiriladi. Hozirda bu sohani rivojlantirmay, iqtisodiyotimiz kelajagini ta’minlash mushkul.

Hozirgi kunda bizda tadbirkorlik sohasida ish bilan band bo’lgan aholining 76.3 foizidan ziyodi mexnat qilmoqda. Fagatgina o’tgan yilning o’zida yurtimizda 26 mingdan ziyod kichik tadbirkorlik sub'ekti ish olib bordi, umumiy sektorda faoliyat yuritayotgan korxonalarning umumiy soni yil ohiriga kelib 190 mingtaga yetdi. Bu raqamlardan ko'rinib turibdiki, kichik biznes shaklan kichik bo'lishga qaramay, iqtisodiotimizni barqaror rivojlantirish, aholini ish bilan muomala qilish muammosini hal etish va xalqimiz farovonligini yuksaltirishda nihoyatda muhimdir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi “Tadbirkorlik sub'ektlarini tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi "Investitsiyalar va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 3794-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2016 yil 26 oktyabr "Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PF-4853-sonli farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2016-2020 yillarda xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish to'g'risida»gi qarori bu borada juda muhim qadam bo’ldi.

Bugungi kunda mamlakatimizda logistika mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega. Tovarlarni keng miqyosda tashish, logistika ishlarini tartibga solish va milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirishda boshqaruvning o'rni va qiymat yildan-yilga oshib bormoqda. Mamlakatimiz kichik biznes va logistika tizimi sohasida bozor iqtisodiyotiga turli xil mulkchilik shakllari rivojlanishni yanada tezlashtirishga asoslangan. Ishlab chiqarish munosabatlari takomillashtirish, mahsulot harakatlarini optimallashtirishning innovatsion texnologiyalardan foydalanish , kichik biznes logistika tizimlari sub'ektlarini tuzish faoliyatiga xalaqit qilinayotgan muammolarni tadqiq etish va uni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’rish dolzarb masalalar hisoblanadi.


Download 52.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling