Toshkent davlat texnika universiteti


Logistikaning funksional sohalari vazifalari


Download 52.59 Kb.
bet5/7
Sana02.01.2022
Hajmi52.59 Kb.
#191690
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI . B.S.O

Logistikaning funksional sohalari vazifalari


T/r


Logistika sohasi


Asosiy vazifalari

1.

Zaxiralar/sotib olib g‘amiash

  • zaruriy moddiy zaxiralarni rejalashtirish, shakllantirish va uni saqlash uchun xarajatlar;


  • ishlab chiqarishda materiallarga bo'lgan ehtiyojlami imkon qadar maksimal iqtisouiy samara bilan qondirish


2.

Ishlab chiqarish

— moddiy boyliklar yaratish, moddiy xizmatlar ko'rsatish (oldin yaratilgan boyliklaming qiymatini oshirish bo‘yicha xizmatlar)


3.

Servis

— tovarlarni iste’molchilarga yetkazib berish jarayonida xizmat ko'rsatish




4.

Taqsimot


— xaridorlar talabini aniqlash, xo‘jalik aloqalanni o‘rnatish, iste'molchilargaxizmat ko'rsatish, tovar harakatining ratsional shakllarini tanlash va savdoni tashkil etish


5.

Mahsulotni tashish (transportirovka)

— transport turini tanlash. rejalashtirish va mahsulotni yetkazib berish bo'yicha monitoring ^‘tka/.ish


6.

Omborga joylash va omborda mahsulotga ishlov berish

— omborni joylashtirish variantini tanlash, omborda qayta ishlashni boshqarish, o‘rash


7.

Axborot ta’minoti

— moddiy oqimlarning harakati xususida ma’lumotlar vig'ish, logistikjarayonlami kompyuterlar bilan ta’minlash



Logistika jarayonining tarkibi, korxonalarda logistik faoliyatning ikki jihati ajralib turadi:

Birinchisi sanoat injeniringi tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lib, transport vositalari va omborlarni ishlatish, yuklash moslamalarini ishlatish va tanlash, qadoqlash usuli, axborot boshqaruv tizimlarining ishlash muammolarini yechadi.






INSON



JAMIYAT



KORXONA FRIMA



TABIAT

1-rasm. . Logistikaning «inson-korxona (firma)-jamiyat-tabiat» tarzidagi murakkab tizimdagi aloqadorlik sxemasi

Ikkinchi jihat moddiy oqimlarni makro va mikro darajalarda boshqarish va tashkil etishning o‘ziga tegishli bo‘lib, logistik tizimning amal qilish jarayonida har xil omillarning o‘zaro ta’siri tahliliga asoslanadi.

Bozor iqtisodiyotida logistikaga korxona boshqaruvining bozorga yo‘naltirilganligini ta’minlab beruvchi tizim sifatida qaraladi va shu orqali korxonaning iste’molchi bilan aloqalarni o‘rnatish faoliyatining tarkibi aniqlanadi. Shu sohada amalga oshiriladigan ishlarning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir:

1. Bozorni o‘rganish va aniq turdagi mahsulotlarga bo‘ladigan talabni bashorat qilish.

2. Mahsulot ishlab chiqarilishi uchun zarur bo‘lgan moddiy resurslarni xarid qilish, zaxiralarning hajmi haqida qarorlar qabul qilish va zaxiralarni boshqarish.

3. Ishlab chiqarishda moddiy oqimlarni tashkil etish;

4. Tovar taqsimotini tashkil etish: tayyor mahsulotni qadoqlash va tanlash, uni aniq manzilga tashish, iste’molchiga mahsulotni yetkazib berish, zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish.



1.3. Logistikaning joriy etish imkoniyatlari va muammolari

Hozirgi tez rivojlanayotgan bozor iqtisodiyotning ko'plab tarmoqlarini modernizatsiya qilish va diversifikatsiya qilish masalasi dolzarb bo'lib qolmoqda.

Xalqaro yuklarni tashishda faol ishtirok etadigan milliy transport va yuk tashish kompaniyalari birinchi bo'lib, yuklarni tashishni zamonaviy holda tashkil etish va yuklarni qayta ishlash muhimligini anglab yetgan holda inter, multimodal va yuklarni tashishning terminal tizimlarini, yuklarni tashish texnologiyasi, zamonaviy telekomunikatsiyalar, ya’ni yukni kuzatishning va boshqalarning logistikaga ehtiyoji sezildi. O’zbekistonda yirik katta transport va ekspeditorlik tashkilotlari o'zlarining terminal tizimlarini, tashkil eta boshladilar, shuning uchun yuk tarqatuvchi va logistik markazlar, logistik servis ko’rsatish ishlarini qo’llab-quvvatlab turuvchi axborot - kompyuter tizimlarini tuzishga ehtiyoj sezilmoqda.

Logistik konseptsiyani tatbiq etish, korxonalardagi umumiy xarajatlarni kamaytirish uchun asosiy faoliyat yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Logistik faoliyat integratsiyali ahamiyatga ega bo'lib, u tovar (hizmat) larga ehtiyoj paydo bo’lgandan keyin uni qoniqtirgungacha bo’lgan oraliqni kuzata oladi. Makrodarajadagi logistika turli xil tashkilotlarning integrlashuvi orqali biznes maqsadiga erishgungacha bo’lgan birgalikdagi faoliyatni aks ettiradi.

Barcha faoliyat va operatsiyalar rejalashtirilishi, boshqarilishi va muvofiqlashtirilishi kerak. Logistikaning asosiy integratsiyalashgan tizimini ishlash shunday muhim biznes soxalari, ya’ni xomashyo va materiallarni sotib olish, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish, transport, axborot va boshqalar tashkil etadi. Logistikaning maqsadi deb, globallizatsiyalashtirish, inson faoliyatining kattagina sohasini o’z ichiga olgan tovarlar, xizmatlar, xomashyo va materiallar xarakatining barcha xususiyatlarini boshqarish mumkin.

Hozirgi kunda logistika transporti – ekspeditsiya faoliyati qizg'in rivojlanayapti. Logistik zanjirning tuzilishiga e’tibor bersak ba’zi bo’g’inlarda mahsulotlarni ortiqcha ishlatish, boshqa hollarda esa iqtisod qilinganini ko’ramiz. Afsuski, bu iqtisodiy murosalar hozircha muhim ro’l oo’ynamaydi. Transport-ekspeditsiya firmalari logistik zanjir tuzilishida sheriklarning qiziqishini hisobga olishlari kerak “Zanjir, eng kuchsiz bo’g’inga qaraganda kuchli bo'lishi mumkin "- bu logistikaning asosiy tamoyillaridan biridir.Logistika asosiy xususiyiyatlaridan biri har xil korhonalarining tovarlari iste'molchiga etib borgunga qadar ishlash ularning birgalikdagi faoliyatidir. Bunday faoliyatga mablag’ni pasaytirish zahira manbalarini ochishga yordam beradi. Shu bilan birga logistik sheriklar o’rtasida umumiy foydani taqsimlash mexanizming yo’qligi bu ishni amalga oshirish samaradorligini birmuncha pasaytiradi.

O’zbekistonda logistika sekin rivojlanishiga sabab bulayotgan quyidagi muammolarni alohida ajratishimiz mumkin:

Birinchidan,logistika tushunchasi ko’pgina ishbilarmon va menejerlar uchun yangilik O’zbekistonda malakali mutahassislar talab darajasida yetishmaydi, logistika sohasidagi menejerlar, ishbilharmonlar kam, bu esa logistika mohiyatini tushunishni qiyinlashtiradi.

Ikkinchidan, tashkilotlarida logistika tamoyillarini amalga oshirish uchun sharoit yetishmaidi. Ko’pgina tashkilotlar itisodiyot rejasi oldida "tizzagacha chokishgan". Ko’pgina korhonalarda logistika xizmatlarini shakllantirishda qiyinchiliklar mavjud bo’lib turibdi.

Uchinchidan, milliy konunchilik xalgaro qonunchilikda, xalqaro savdo sohasida, karakat, xalkaro tashish, milliy tashish va ichki tashish shuningdek aralash tashish masalalarida hal yetarlicha o’zaro moslashtirilmagan.

To’rtinchidan , chet el logistik tashkilotlari bilan yaxshi aloqalar yo’qligi, xalqaro logistika uyushmalari bilan davlatlararo huquqiy aloqalarni belgilash, soliq, bojhona, ba’azi vazirliklar, department va boshqalar tomonidan korxonalar ishbilharmonlik faoliyatining olib borilishi darajasi yetarli emasligi.

Shuningdek, milliy yuk tashuvchilarni qullab-quvvatlash, tadbirkorlarga "Milliy logistika portali" ni tashkil etish lozim ekanligi ta’kidlanmoqda.Xalqaro tranzit yo'llarini ochish ,kengaytirish va zarurlarini qayta kurish hamda rekonstruksiya qilish zarur. Kelgusi yilda Jahon savdo tashklotiga a’zo bo'lish muzokaralarini qayta boshlanishi quvonarli xol. Exportni yanada rag’batlantirish maqsadida texnik tartibga solish tizimini xalqaro standartlarga uyg’unlashtirish kerak. Asosiy maqsadlarimizdan biri - tashqi bozorga sifatli va sertifikatlangan mahsulotlarni "O’zbek brandi" nomi bilan olib chiqishga erishish kerak.




Download 52.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling