Toshkent davlat texnika universiteti


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/105
Sana10.11.2021
Hajmi1.75 Mb.
#173374
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   105
Bog'liq
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari

6.3. Operativ xotira 

Operativ xotira hajmi ko„pincha  yetishmaydi, ba‟zan bo„ladi va hech qachon haddan tashqari 

ko„p  bo„lmaydi.  Faqat  moliyaviy  cheklashlar  bo„lishi  mumkin.  Xotira  hajmi  million  baytlar  – 

megabayt (Mbayt)da o„lchanadi. Ular qanchalik katta bo„lsa, shunchalik yaxshi bo„ladi va dasturlar 

tezroq  ishlaydi.  Zamonaviy  dasturlar  kamida  16  Mbayt  hajmli  xotira  talab  qiladilar,  vaholanki 

xotirasi 32 Mbaytdan kam bo„lmagan kompyuterlarni eng ko„p sotib olishadi. 64 Mbaytli xotira bilan 

istalgan  dasturni  ishlash  mumkin,  xotira  128  Mbayt  bo„lsa  esa  –  juda  yaxshi,  lekin  hozircha 

qimmatroq. 

Bir  megabayt  juda  yaxshi  hisoblangan  paytlar  u  o„nlab  alohida  mikrosxemalar  ko„rinishida 

turna  qator  bo„lib  onalik  platasining  katta  qismini  qoplar  edi.  Hozirgi  16-32  megabaytli  hajmlarda 

plata o„lchamlari juda katta bo„lar edi. «Xotira» yangi texnologiyaga o„tdi – u vertikal bo„yicha o„sa 

boshladi. 

Dastlab xotiraning sakkiz razryadli SIMM moduli – katta bo„lmagan platachalar paydo bo„ldi; 

platachalarga  xotira  mikrosxemalari  kavsharlanar  edi.  Odatda  platada  to„rttadan  sakkiztagacha 

bunday  bo„linmalar  o„rnatilar  edi,  SIMM-modullarining  o„zi  esa  4  Mbaytgacha  hajmda  bo„lar  edi 

(6.1-rasm).  Bunda  xotiraning  umumiy  hajmi  15-32 Mbaytgacha  yetar  edi.  Bunday  SIMM-modullar 

30 kontaktli (ularni o„rnatish uchun bo„linmadagi kontaktlar soni bo„yicha) deb ataladi. 

 

 



6.1-rasm. Operativ xotira modullari 

 

Ularni  72  kontaktli  SIMM-modullari  almashtirdi;  ularda  xotira  32-razryadli  qilib  tashkil 



qilingan.  486  kompyuterlari  uchun  bunday  moduldan  bittasi  yetar  edi  (to„rtta  30  kontaktli  o„rniga), 

ma‟lumotlar  shinasi  64  razryadli  «Pentium»  uchun  esa  SIMM-modullar  soni  albatta  juft  bo„lishi 

kerak. 

Bitta SIMM-modulning hajmi – 4 dan 32 Mbaytgacha. Umumiy holda kompyuterni tanlashda 

xotiraning  zarur  bo‘lgan  hajmi  modullarning  eng  kam  sonida  yig‘ilgan  bo‘lishligiga  intilish  zarur. 

Bunda yanada kengaytirish uchun bo‘sh uyachalar qoladi. 

Hozirgi  paytda  SIMM-modullardan  deyarli  foydalanishmayapti.  Xotira  mikrosxemalarini 

ishlab  chiqarish  texnologiyasi  –  mikroelektronikaning  eng  tez  rivojlanayotgan  sohalaridan  biridir. 

Yaqin  o„tmishda  xotira  protsessorga  nisbatan  ancha  sekin  ishlardi  va  unga  murojaat  qilish  uchun 

kutish  sikllari  va  maxsus  bufer  sxemalar  –  kesh-xotiralardan  foydalanishar  edi.  Bugungi  kunda 

DIMM xotira modullari ko„proq qo„llanilmoqda; ular protsessor bilan sinxron ishlaydi (6.1-rasm). 

DIMM-modullarni  juft  o„rnatish  shart  emas  –  ularning  soni  toq  bo„lishi  ham  mumkin.  Eng 

universal  onalik  platalari  ham  DIMM-modullarini  va  ham  SIMM-modullarini  o„rnatish  uchun 

bo„linmalarga  ega,  lekin  bu  modullarni  aralash  o„rnatib  bo„lmaydi.  Ya‟ni  operativ  xotira 

mikrosxemalari bir turga taalluqli bo„lishi kerak.  

Kompyuter ishining ishonchliligi muayyan modullarning xossalariga bog„liq bo„lishi mumkin. 

Bir ishlab chiqaruvchining bir xil modullaridan foydalanish eng yaxshi variant hisoblanadi (agar bir 




 

49 


partiyadan  bo„lsa  yanada  yaxshi).  Shuning  uchun  sizning  kompyuteringizda  32  Mbayt  sig„imli 

DIMM-modul  o„rnatilgan  bo„lsa,  siz  esa  xotira  sig„imini  64  Mbaytgacha  oshirmoqchi  bo„lsangiz  – 

eng  yaxshi  variant  –  mavjud  modulni  sotish  va  uning  o„rniga  bir  partiyaga  taalluqli  bo„lgan  ikkita 

yangi, yoki 64 Mbayt sig„imli bitta katta modulni sotib olishdir. 

Hozirgi  paytda  sig„imi  bir  necha  gigabaytgacha  bo„lgan  DDR  SDRAM  (DDR)  va  RDRAM 

(6.2-rasm)  modullari  tobora  keng  qo„llanilmoqda,  DIMM-modullarini  ishlab  chiqish  to„xtatilgan. 

Masalan,  Intel  korporatsiyasi  pulni  DRAM  ishlab  chiqarishga  ajratmoqda.  Elpida  Memory  va  Intel 

korporatsiyalari  Elpida  ishlab  chiqarishlari  quvvatlarini  rivojlantirish  haqidagi  hamkorlik  bitimiga 

qo„l qo„yishdi. 

 

6.2-rasm. Samsung PC1066 RDRAM – 128 Mbayt 



 

Bugungi  kunda  Elpida  Memory  xotira  ishlab  chiquvchi  yagona  Yaponiya  kompaniyasidir. 

Kompaniya  NEC  va  Hitachi  hamkorligida  1999  yilda  tashkil  qilindi.  Ajratilayotgan  mablag„lar 

Xirosimadagi zavod quvvatini oshirishga sarflanmoqda; bu zavod 0,11 mikronli texnologik jarayon 

bo„yicha DRAM chiplari uchun 30 santimetrli taglik (подложка) chiqaradi. Elpida kompaniyasi Intel 

Capital dan tashqari boshqa investorlar tarafidan ham moliyalanadi. 

Intel  bilan  shartnoma  shartlaridan  biri  –  DRAM  xotirasining  yangi  arxitekturasini  ishlash 

bo„yicha  kompaniyalar  rejalarini  koordinatsiyalashdir.  Hozirgi  paytda  bu  –  hisoblash  tizimining 

tayanch  elementlaridan  biridir;  xotira  xarakteristikalarini  yaxshilash  umumiy  unumdorlikni  sezilarli 

oshiradi.  

 


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling