Toshkent davlat texnika universiteti


 – Ma’ruza. Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnikaviy vositalari


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/105
Sana10.11.2021
Hajmi1.75 Mb.
#173374
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   105
Bog'liq
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari

7 – Ma’ruza. Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnikaviy vositalari 

Onalik platasi va EHM periferiya qurilmalari 

(Tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar)

 

 

Ma’ruza rejasi: 



1.  Onalik plata 

2.  Onalik plata shinalari 

2.1.  Bosh shina 

2.2.  ISA shinasi 

2.3.  Lokal shina 

2.4.  VLB shinasi 

2.5.  PCI shinasi 

2.6.  AGP interfeysi 

2.7.  USB interfeysi 

3.  Integrallashgan tizimlar 

4.  EHM periferiya qurilmalari 

5.  Tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar 

5.1.  Bikr disk 

5.2.  Qattiq disklarda to„plagich 

5.3.  CD-ROM diskovodi 

 

Tayanch so‘zlar va iboralar 

Chipset,  janubiy  most,  shimoliy  most,  BIOS,  form-faktor,  sho„ba  plata,  kontsentrator, 

periferiya qurilmasi 

 

7.1. Onalik platasi 

Ularsiz  ishlay  olmaydigan,  kompyuterning  eng  ahamiyatli  elementlari:  markaziy  protsessor, 

xotira modullari va ko„p mikrosxemalar onalik platasida joylashadi. Bu kompyuterning asosiy platasi 

bo„lib, odatda o„lchami bo„yicha eng katta. Onalik platasi kompyuterning hamma elektron sxemalari 

uchun  mexanik  asos  bo„lib,  o„zida  yana  bitta  ahamiyatli  yuk  –  kengayish  qo„shimcha  platalarini 

o„rnatish uchun bo„linmalarni joylashtiradi. 

Bir  necha  yil  oldin  kompyuter  xossalarini  belgilovchi  asosiy  parametr  uning  protsessorining 

markasi  edi.  Bugun  turmush  tizimlarining  ko„pchiligi  uchun  bunday  emas.  Hozirgi  paytda  onalik 

platasi  chipsetining  markasi  asosiy  parametr  bo„lib  qoldi  deyish  mumkin.  Oxirgi  besh  yilda 

protsessorlar unumdorligi esa deyarli o„zgarmadi va kompyuterning «nozik joyi» bo„lib qoldi. 

 

Chipset nima? 

Qisqachasiga  chipset  –  bu  mikroprotsessorli  komplektdir.  Agar  kengroq  ta‟riflansa  –  bu 

protsessorning  qolgan  hamma  elektron  xo„jalik  bilan  muloqot  uchun  zarur  bo„lgan  mikrosxemalar 

to„plamidir.  Ilgari  onalik  platasini  bir  necha  o„nlab  mikrosxemalar  yoymasi  qoplar  edi.  So„ngra 

ularni bir necha ixtisoslashgan «buyurtma» mikrosxemalarga keltirish g„oyasi paydo bo„ldi – olingan 

komplektni chipset deb atashdi. Birinchi chipsetlar odatda to„rtta mikrosxemadan iborat edi. Bugungi 

kunda  chipsetlar  odatda  ikkita  mikrosxemadan  iborat,  ulardan  biri  janubiy  ko‘prik,  ikkinchisi  esa 

shimoliy ko‘prik deb ataladi. Agar onalik platasiga qaralsa, qiynalmasdan bu ikki juftlik topiladi – bu 

protsessordan keyin eng yirik mikrosxemalardir. Ular markirovkasi bo„yicha ishlab chiqaruvchini va 

chipset markasini aniqlash mumkin. 

Chipset  markasini  va  uni  ishlab  chiqaruvchini  bilishning  ahamiyati,  protsessor  markasi  va 

ishlab  chiqaruvchisini  bilish  ahamiyatidan  kam  emas,  chunki  kompyuterning  funktsional 

imkoniyatlarini chipset aniqlaydi, protsessordan esa bu funktsiyalar bajarilishi tezligi bog„liq emas. 

Onalik  platasi  chipseti  protsessor  bilan  muvofiqlashgan  bo„lishi  lozim.  Istalgan  protsessorga 

istalgan  onalik  platasi  mos  kelavermaydi  va  aksincha.  Bugungi  kunda  protsessorga  nisbatan 

chipsetdan ko„p narsa bog„liq. Shu sababli kompyuter sotib olinayotganda nafaqat uning protsessori 

qandayligini, balki, birinchi navbatda, onalik platasi chipseti qandayligini aniqlash zarur. 




 

52 


Onalik  platasi  chipsetiga  bu  plata  qanday  chastotada  ishlay  olishi  birinchi  navbatda  bog„liq. 

Operativ  xotirada  bo„lishi  mumkin  bo„lgan  hajmi  va  onalik  platasiga  ulanishi  mumkin  bo„lgan 

qo„shimcha qurilmalar soni ham chipsetga bog„liq. 

 

BIOS 

BIOS (Basic Input Output System – kiritish-chiqarish bazaviy tizimi) – onalik platasining eng 

ahamiyatli  mikrosxemalaridan  biridir.  Unda  birlamchi  dasturlar  yozilgan  bo„ladi;  kompyuter  ishi 

shundan boshlanadi. Protsessorga energiya kelishi bilan u o„zining eng birinchi dasturi uchun ushbu 

mikrosxemaga  murojaat  qiladi  va  energiya  ta‟minoti  tugamaguncha  o„z  ishini  to„xtatmaydi.  Agar 

kompyuter qanday ulanishini ko„rgan va ulangan zahoti  qora fonda o„tayotgan oq harflarga e‟tibor 

bergan bo„lsangiz, bilingki, bunda siz BIOSga yozilgan dasturlar ishini kuzatgansiz. 

BIOS  dasturlari  kompyuter  ulangan  zahoti  uning  asosiy  tizimlarini  tekshiradi,  klaviatura  va 

monitor bilan muloqotni ta‟minlaydi, diskovodlarni tekshirishni bajaradi va onalik platasi chipsetini 

va  hatto  protsessorning  o„zini  qisman  sozlashni  bajarish  imkonini  beradi.  Masalan,  agar  onalik 

platasi  bir  necha chastotalar  bilan ishlay  olsa,  chastotani  onalik  platasining o„zida  joylashgan  katta 

ulagich  (переключатель)  yordamida  yoki  BIOSda  yozilgan  dastur  yordamida  berish  mumkin.  Bu 

narsa protsessor chastotasining ichki ko„paytirish koeffitsientiga ham taalluqli (agar u Intel Celeron 

protsessoridagi kabi «bikr» berilgan bo„lmasa). 

Har  bir  boshqarish  usulining  afzalliklari  va  kamchiliklari  mavjud.  Masalan,  BIOS  dasturini 

qayta  sozlash  yordamida  onalik  platasi  parametrlarini  boshqarish  qulay,  chunki  bu  tizim  bloki 

korpusini  bo„laklarga  ajaratishni  va  onalik  platasiga  kirishni  talab  qilmaydi.  Ikkinchi  tarafdan, 

parametrlarni  belgilashda  yanglishilsa  BIOS  dasturlari  ishlash  qobiliyatini  yo„qotishi  mumkin  – 

bunda  kompyuterni  umuman  ishga  tushirib  bo„lmaydi  va  dasturaviy  yo„l  bilan  BIOS  sozlanishini 

qayta  tiklab  bo„lmaydi.  Bu  holda  onalik  platasidagi  qayta  ulagichlar  yordamida  BIOSni  sozlash 

mumkin. 


BIOS  mikrosxemasini  topish  oson.  Protsessorni  hisobga  olmaganda,  bu  –  kompyuterga 

kavsharlanmagan  yagona  mikrosxemadir.  U  maxsus  kolodkaga  o„rnatiladi,  demak  uni  yechib  olish 

va almashtirish mumkin. Bu ishni foydalanuvchi bajarmagani ma‟qul, chunki BIOSni almashtirish – 

kompyuterga xizmat ko„rsatish emas, balki ta‟mirlashdir; uni mutaxassis bajarishi lozim. 

 


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling