Toshkent davlat texnika universiteti


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/105
Sana10.11.2021
Hajmi1.75 Mb.
#173374
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   105
Bog'liq
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari

USB interfeysi 

Shu  paytgacha  biz  quyidagining  guvohi  bo„ldik:  yangi  shina  interfeyslarining  yaratilishi 

kompyuter  qurilmalari  orasida  ma‟lumotlarning  tobora  ko„proq  hajmini  haydashdagi  doimo  o„sib 

borayotgan  ehtiyojiga  qonuniy  javob  edi.  Bu  poygada  doim  qurilmalar  va  ularning  ehtiyojlari 

birinchi o„rinda bo„ldi, inson va uning ehtiyojlari haqida esa unutilmagan bo„lsa ham, ularni ko„pda 

hisobga olishmas edi. Natijada ko„p yillar mobaynida shunday tizim vujudga keldiki, onalik platasiga 

yangi qurilmani ulash uchun bizdan qator noxush protseduralarning bajarilishi talab qilindi: 

1. Kompyuter tizimiy blokini bo„laklarga ajratish. 

2. Onalik platasi bo„linmasiga yangi platani joylashtirish. 

3. Kompyuterning onalik platasi va dasturaviy ta‟minoti yangi qurilmani to„g„ri taniydi degan 

umidda kompyuterni tarmoqqa ulash. 

4.  Kompyuterning  yangi  qurilma  bilan  to„g„ri  muloqotini  ta‟minlaydigan  dasturni  ishga 

tushirish  (bunday  dastur  drayver  deb  nomlanadi)  va  xuddi  zarur  bo„lgan  narsaning  o„zini  ishga 

tushirdik deb umid qilish (afsuski, xatolar bo„lib turadi). 

5. Qurilma ishlab ketganini tekshirish va u to„g„ri ishlayotganiga ishonch hosil qilish (afsuski, 

har doim ham bunday bo„lavermaydi). 

6. Tizimiy blokni yig„ish. 

Biroz  tajribaga  ega  bo„lganlar  uchun  bu  amallarda  hech  bir  qiyinchilik  yo„q,  lekin  yangi 

qurilmani,  hattoki  djoystikdek  soddasini,  o„rnatish  va  sozlash  bir  necha  soatga  cho„ziladi. 

Foydalanuvchilar doim shunday shina interfeysi haqida orzu qilishar ediki, ular bo„linmani shunday 

tiqishsinda, hech nimani o„ylamasdan ishlayverishsin (xuddi telefon tarmog„iga ulagan kabi). 

Nihoyat bunday interfeys paydo bo„ldi. Zamonaviy onalik platalarining ko„pi universal ketma-

ket  (

последовательный)  USB  (Universal  Serial  Bus)  shinaga  ega;  uning  bo„linmasi  tizimiy 



blokning orйa devoriga chiqarilgan. Unga ulanish juda oson. Kompyuterni o„chirish ham shart emas: 

bo„linma uyaga tiqiladi va ishni davom ettirish mumkin. 

Odatda  kompyuterning  faqat  bir  juft  USB  bo„linmasi  bor,  lekin  bu  shinaga  127  ta 

qurilmagacha  ulash  mumkin.  Agar  ikkitadan  ko„proй  qurilmani  ulash  zarur  bo„lsa,  kontsentrator 

(

разветвитель  –  tarmoqlagich)  sotib  olish  kerak  –  bo„linmalar  soni  ko„payib  ketadi.  Hozirgi 



paytda  klaviatura,  sichqoncha,  modem,  skaner,  printerlar  USB  shinasi  yordamida  ulanmoqda.  Agar 


 

55 


qachondir  kompyuter  yangi  yil  archasi  yoritgichlari  shodasini,  temir  yo„l  modelini,  kir  yuvuvchi 

mashinani va h.k.larni boshqarishini istab qolsangiz, USB shinasi eng yaxshi yechim bo„ladi. 

USB  qurilmalari  bilan  ishlash  –  onalik  platasi  chipsetining  funktsiyalaridan  biridir.  Uni 

«janubiy ko„prik» bajaradi. 

 


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling