7.5. Tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar
Ular EHM xotirasini o„nlab va yuzlab gigabaytlargacha ko„paytirish imkonini beradi; bu katta
hajmli ma‟lumot va loyihaviy informatsiyalar bilan ishlaydigan ALT uchun zarur. Bu TXQlar –
OXQlariga nisbatan tashqidir va shu sababdan tashqi (TXQ) deyiladi. TXQda saqlanuvchi
ma‟lumotlar bevosita markaziy protsessor tomonidan informatsiya almashinuvini amalga oshiradi.
Shuning uchun qolgan boshqa tashqi qurilmalarda ma‟lumotlar almashinishi printsipi qanday bo„lsa,
TXQ uchun ham shunday bo„ladi.
Magnit diskida to„plagich (MDT) – eng tezkor TXQdir; u katta hajm va yetarlicha tezkorlikka
ega.
MDT to„g„ri (bevosita) kiriladigan qurilma bo„lib, unda adreslash tizimi qo„llanadi; bu
ma‟lumotlar massivining istalgan qismiga murojaat qilish imkonini beradi. Bu holda qidirish vaqti
qidirilayotgan informatsiya birligi tashuvchining qaysi qismida joylashganligiga kam bog„liq.
Magnit diskida to„plagichlar informatsiyaning katta massivlarini operativ saqlash uchun
foydalaniladi. Odatda magnit disk (MD)larida ko„p qayta foydalaniladigan dasturlar, so„rov
ma‟lumotlari va sh.k.lar saqlanadi. Magnit diskida to„plagichlar katta hajmga ega, qidirish vaqti kam,
informatsiya bitini saqlash narxi nisbatan arzon.
Do'stlaringiz bilan baham: |