Toshkent davlat texnika universiteti


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/105
Sana10.11.2021
Hajmi1.75 Mb.
#173374
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   105
Bog'liq
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari

CD-ROM diskovodi 

CD-ROM diskovodi tovush kartasi kabi multimedia jihoziga kiradi (7.3-rasm). Bu juftlik (uni 

multimedia komplekti deb ham atashadi) kompyuter tizimining eng oxirgi komponentlaridan biri. 

 

7.3-rasm. CD-ROM diskovodi 



 

Bugungi  kunda  kompyuter  CD-ROM  diskovodisiz  mavjud  bo„lishining  imkoniyati  deyarli 

qolmadi,  chunki  ko„p  dasturlar  kompakt-disklarda  tarqatilmoqda.  Bunday  qurilmasi  bo„lmagan 

kompyuterni  dasturlar  bilan  jihozlash  juda  qiyin  –  buning  uchun  katta  tajriba  va  qo„shimcha  jihoz 

zarur. 

Bitta kompakt-disk (lazerli disk) 650 Mbaytga yaqin sig„imga ega, ya‟ni 450  ta uch dyuymli 

qayishqoq  disklarni  almashtiradi.  Buning  ustiga  informatsiyani  saqlash  ishonchliligi  ancha  yuqori. 

Masalan,  u  magnit  maydonlaridan,  qarishdan  va  hatto  mayda  tirnalishlardan  qo„rqmaydi.  CD-

ROMning  eng  katta  kamchiligi  –  informatsiyani  qayta  yozish  mumkin  emasligidir;  u  faqat  o„qish 

uchun mo„ljallangan. 

CD-ROM  diskovodini  ishlab  chiqaruvchilar  ularning  tezlik  xarakteristikalarini  muttasil 

yaxshilab  bormoqdalar.  Bugungi  kompyuterlar  32-,  40-,  50-tezlikli  diskovodlar  bilan 

komplektlanmoqda, lekin hozirgacha ancha sekin ishlaydigan qurilmalar ham ishlatilmoqda. 

CD-ROM  diskovodi  bikr  diskka  o„xshab  onalik  platasiga  ulanadi  va  unga  o„xshab  qabul 

qilingan standartlari SCSI yoki IDE (ATA, ATAPI)dan biri bo„ladi. 

SCSI interfeysli CD-ROM diskovodi tezroq ishlaydi, lekin qimmatroq ham turadi. Ularni SCSI 

shinasi  bilan  jihozlangan  tizimga  qo„shish  qulay,  ya‟ni  kompyuterda  SCSI  bikr  diski  o„rnatilgan 

bo„lsa.  SCSI  interfeysining  lentali  kabeli  (shleyfi)ga  bikr  diskdan  tashqari  yana  oltita  SCSI 

qurilmalarini ulash mumkin, jumladan CD-ROM diskovodini ham. Ba‟zan tovush platasi SCSI (yoki 

IDE) interfeysi bilan jihozlangan bo„lishi mumkin – bu holda diskovodni unga ulash mumkin. 

 

Savollar 

 

1.  Onalik platasi ishlashining asosiy aspektlarini bayon qiling. 



2.  Onalik platasi shinalarini va ularning ishlashi ta‟riflang. 

3.  Integrallashgan tizimlar asosiy tushunchalarini aytib bering. 

4.  EHM periferiya qurilmalari haqida so„zlab bering. 

5.  Tashqi xotirada saqlovchi qurilmalarga nimalar kiradi? 

6.  Tizimning  mumkin  qadar  maksimal  tezkorligini  ta‟minlash  uchun  bikr  diskning 

parametrlari qanday bo„lishi kerak? 




 

59 


7.  Ajraluvchi diskli to„plagichlarni tahlil qiling va to„plagich bilan uning disklarini tavsiflang. 

8.  Keyinchalik  bo„ladigan  modernizatsiyani  hisobga  olgan  holda  tizimning  optimal 

konfiguratsiyasini tanlang. Tanlangan konfiguratsiyani batafsil asoslang. 



 

60 



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling