Videoxotira
Eng birinchi IBM PC kompyuterlari uchun maxsus videoxotira talab qilingan. Kompyuterning
asosiy xotirasida maxsus zona ajratilar va shu zonada ekran tasviri saqlanar edi. Agar tasvirni
o„zgartirish zarur bo„lsa bu xotira yacheykasiga boshqa qiymatlar yozilar edi. Zamonaviy
kompyuterlarda tasvirlarni saqlash uchun asosiy xotiradan foydalanishmaydi – agar videoadapter
platasiga yuqori tezlikda ishlaydigan maxsus xotira mikrosxemasi joylashtirilsa, hammasi juda tez
ishlaydi.
Videokarta ta‟minlaydigan aniq va har xil tasvirlash qobiliyati va rang chuqurligi qanchalik
katta bo„lsa, videoxotiraga talab shunchalik katta bo„ladi. Agar videoxotira 1 Mbayt xotiraga ega
bo„lsa, uning imkoniyati maksimal rejimda 256 rangda 1024
768 nuqta yoki 16,8 mln. rangda
640
480 nuqta bo„ladi. Agar 2 Mbayt bo„lsa, True Color rejimiga 800
600 nuqta tasvirlash
qobiliyatida, 4 Mbayt bilan esa – 1280
1024 nuqtada erishiladi.
Namunaviy kompyuterlar uchun videoxotiraning namunaviy o„lchami kompyuter vazifasiga
bog„liq. Hujjatlar bilan ishlangan taqdirda 2-4 Mbayt bemalol yetadi, agar grafika bilan ishlaydigan
bo„lsa 8-6 Mbayt bo„lgani ma‟qul, lekin videoadapterga eng yuqori talablarni multimediali ilovalar,
ayniqsa kompyuter o„yinlari, qo„yadi. Sekin videoadapter hatto zamonaviy kompyuterda ham o„yinli
dasturni tormozlashi mumkin. Shuning uchun agar kompyuter kompyuter o„yinlari uchun
foydalaniladigan bo„lsa, 16-32 Mbayt xotirali videoadapter bo„lgani ma‟qul.
Do'stlaringiz bilan baham: |