Matnni sifatli aks ettirish uchun yuqori aniqlik (tiniqlik) talab qilinadi. Buning uchun
66
videosignal trakti sxemasini qo„llashadi. Tasvir elementi o„lchami qanchalik kichik bo„lsa, uni
ekranda aniq tasvirlash uchun shunchalik katta chastota zarur. Televidenieda signal polosasi 6,5
MGts bilan cheklangan, yo„qsa teleefirda shuncha telekanallar joylasha olmas edi. Surat monitorga
kabel orqali uzatilgani uchun, bu erda bunday cheklashlar yo„q va hammasi faqat monitorning
sxemotexnik yechimiga bog„liq. Zamonaviy monitor 15 dyuymli modellar uchun 85-100 MGts enli
videosignal o„tkazib yuborish polosasiga ega bo„lishi, 17 dyuymlilar uchun 110-150 MGts va katta
o„lchamli modellar uchun 200 Mgts dan katta o„tkazib yuborish polosasiga ega bo„lishi kerak.
O„tkazib yuborish polosasi qanchalik katta bo„lsa, berilgan aniq va har xil tasvirlash qobiliyati uchun
monitor shunchalik katta yangilanish chastotasi (refresh rate)ni ta‟minlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: