Toshkent davlat texnika universiteti
Ekran donadorligi (зернистость)
Download 1.75 Mb. Pdf ko'rish
|
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari
Ekran donadorligi (зернистость)
Zarur bo„lgan o„tkazib yuborish polosasi ta‟minlanganda va signal elektronli-nurli trubkaga aniq (tiniq) mayda detallari bilan tushganda, biz monitorning boshqa parametriga – «maska qadami»ga yoki oddiychasiga «donadorlik» (зерно)ka duch kelamiz. Gap shundaki, rangli televizorda va monitorlarda ekran (ich tomonidan) uch rang – qizil, yashil va ko„k rangda nurlanadigan lyuminofor mayda zarrachalari bilan qoplangan. Uchta yonma-yon joylashgan zarrachalar triada hosil qiladi. Agar oq rangda nurlanayotgan ekranga lupa ostida qarasak, haqiqatda uch rangli zarrachalar nurlanayotganini va ular qo„shilib oq rang hosil qilayotganini ko„ramiz. Triada elementlari har xil intensivlikda nurlanganda qolgan hamma ranglar hosil bo„ladi, masalan, triadaning faqat qizil va yashil elementlari nurlanganda, biz sariq rangni ko„ramiz. Triada alohida elementlarining nurlanishini boshqarish uchun uch elektron nurdan foydalaniladi; ular ekranning hamma triadalarini yoyilish (развѐртка) chastotasida aylanib chiqadi. Har bir o„zining triadasi elementiga aniq tushishi uchun, ekran lyuminofor qoplamasi ustida maxsus maska (setka) joylashadi, unga tushgan nur aniq o„zining triadasi elementiga og„adi. Natijada biz ko„ramizki, rangli monitor ekrani, lyuminofor qatlami yaxlit va bir xil bo„lgan monoxrom monitordan farqli o„laroq, donador (dona-dona) strukturaga ega. Donalar o„lchami qanchalik kichik bo„lsa, trubka shunchalik katta ravshanlikni ta‟minlaydi. Birinchi rangli monitorlar «dona»larining o„lchami 0,42 mm edi. Yuqori ruxsat etiladigan grafikaviy rejimlar paydo bo„lishi bilan monitorlardan foydalanish mumkin bo„lmay qoldi: mayda detallar, masalan, ingichka vertikal polosalar jimirlab kamalakning hamma ranglari bilan qo„shilib ketadigan bo„ldi. Shundan keyin «donador»ligi 0,31 mm va 0,28 mm bo„lgan trubkalar paydo bo„ldi. Bugungi kunda eng ko„p tarqalgan «donadorlik» 0,27 mm, qimmat modellarda esa 0,26-0,24 mm bo„lgan trubkalarni qo„llashmoqda.
Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling